“Tibbiyotda 90 kunlik o‘zgarishlar” dasturi ijrosi muhokama qilindi







Bugun O‘zbekiston tumani tibbiyot birlashmasida davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan “Tibbiyotda 90 kunlik o‘zgarishlar” dasturining tumandagi ijrosi muhokama qilindi.
Unda tuman hokimi Ravshanbek Begmatov, tibbiyot birlashmasi rahbariyati va birlashmaga qarashli davolash muassasalari mudirlari ishtirok etdi.
Tadbir avvalida bolalar bo‘limida mavzuga oid amaliy seminar tashkillanib, ishtirokchilari bu yerda dastur doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan yana bir bor yaqindan tanishdilar.
Muhokama yig‘ilishida dastur doirasida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, profilaktik tadbirlarni kengaytirish, kasalliklarni erta aniqlash va samarali davolash hamda shoshilinch tibbiy yordam tizimini mustahkamlash yuzasidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar ijrosi atroflicha tahlil qilindi. Soha mutasaddilarining o‘zlari rahbarlik qilayotgan sog‘liqni saqlash muassasalari misolida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi axborotlari tinglandi.
O‘tgan davr mobaynida dastur asosida tumanda tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash borasida muayyan ishlar bajarilgan bo‘lsada, ba’zi yo‘nalishlarda hanuzgacha yetarlicha kamchiliklar borligi ta’kidlanib, bu holatlar tanqid ostiga olindi. Tanqid bilan birga ularning aniq amaliy yechimlari, bajarilish choralari va muddatlari belgilab qo‘yildi.
Kamchiliklarnini bartaraf etish, sohani isloh qilish yuzasidan belgilab berilgan dolzarb vazifalarni izchil va og‘ishmay davom ettirish bo‘yicha mas’ullarga qat’iy vazifalar topshirildi.
Shu kuni tuman rahbari markaziy shifoxonaning boshqa bo‘limlarida ham bo‘lib, mavjud holat bilan yaqindan tanishdi va bemorlar holidan xabar oldi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


“Dolzarb 90 kun” doirasida “Mahalla kubogi”ga start berildi




So'x tumanida ichki yo'llarni asfalьtlash ishlari davom etmoqda