“Dolzarb 90 kun” davom etmoqda






Yurtboshimizning tashabbuslari bilan yoshlarning vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni madaniy, ma’rifiy va sport tadbirlariga faol jalb qilish maqsadida yurtimiz bo‘ylab “Dolzarb 90 kun” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Qo‘shtepa tumanidagi “Garmdon” mahallasi hududida joylashgan 16-maktabda ushbu loyiha doirasida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida yoshlar, san’at va vatanparvarlik uyg‘unlashgan sahna ko‘rinishlari tashkil etildi. Madaniyat xodimlari va maktab o‘quvchilari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarni raqsga chorladi.
Bir so‘z bilan aytganda tadbir samimiy muhitga aylanib, barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



Yangi Qo‘qon mavzesi qurilishi

Qo‘qon shahar hokimi Prezident Xalq qabulxonasida fuqarolarni qabul qildi

O‘rda maydonini yanada obod etamiz!

Qo‘qon shahrida mahallalar yettiligi faoliyati o‘rganilmoqda