Ijara shartnomasi yozma bo'lishi kerak

Fuqarolarimiz shuni bilsinlarki, uy-joyni ijaraga berish shartnomasi yozma shaklda tuziladi va davlat soliq organlarida majburiy xisobga quyilishi lozim. Shartnomani hisobga qo'yishga kelsak, u tuzilgan kundan 3 kundan kechiktirmay ijara.soliq.uz portali orqali bepul amalga oshiriladi hamda bu ijaraga beruvchining majburiyati hisoblanadi.
Bundan tashqari, uy egasiga O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 1591-moddasiga ko'ra, fuqarolar o'rtasida, bino inshoot yoki o'larning bir qismini, turar-joyni ijraga berish shartnomasining, tekin foydalanishga berish shartnomasining mavjud emasligi yoxud davlat solik organlariga ijaraga berish shartnomasining majburiy xisobga kuyilishiga rioya etmaslik bazaviy hisoblash miqdorining besh barobaridan un barobarigacha jarima solinishiga sabab bo'ladi.
Demak, faqat og'zaki tuzilgan ijara shartnomasi tan olinmasligi mumkin.
Bunyodjon Enazarov - So'x tuman adliya bo'limi boshlig'i, 1-darajali huquqshunos
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



Super-kontrakt va ta’lim krediti: nima muhim?


Vatanparvarlik mavzusida uchrashuv o‘tkazildi