Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
57
8

202025-05-16 08:36

Aholi murojaatlari va muammolari o'rganilmoqda

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2088103109198320.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2088103109199515.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2088103109201905.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2088103109203100.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2088103109204295.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2088103109205490.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2088103109206685.jpg

Aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni ta'minlash, ularni qiynab kelayotgan muammolarini aniqlash hamda bartaraf etish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlar ijroga qaratilmoqda.

Bugun tuman hokimi o'rinbosari Sodiqjon Murzoyev ishtirokida aholining turli qatlamlari bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqot qilish, mavjud muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining So'x tumanidagi Xalq qabulxonasida navbatdagi qabulini o'tkazdi.

Xalq qabulxonasi, tashkilot va muassasalar mas'ullari ishtirok etgan qabul davomida fuqarolarning kommunal soha, uy-joy, moddiy yordam, dehqonchilik va tadbirkorlik uchun yer ajratish, ishga joylashish, tibbiy xizmat va boshqa masalalar bilan bog'liq murojaatlari o'rganib chiqildi.

Qabul davomida 20 nafarga yaqin fuqaro tomonidan turli masalalarda bildirilgan murojaatlar tinglanib, ularga ijobiy yechim topish bo'yicha zarur choralar belgilandi. Fuqarolar murojaatlarining ba'zilariga shu kuni ijobiy yechim topilgan bo'lsa, ijrosi yuzasidan qo'shimcha o'rganish va muddat talab etadigan masalalar tegishli idoralarga yo'naltirilib, nazoratga olindi.

So'x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz