Fuqarolar tomonidan qilingan murojaat manzilli o'rganildi va hal etish choralari ko'rildi








Tumanimizning Sharqobod mahalla fuqarolar yig'ini aholisi ham yilning sug'orish mavsumida sug'orish suvi ta'minotidagi muammolardan aziyat chekishadi. Aholi ijaraga olgan yer maydonlari va tomorqalarini sug'orishda So'x daryosi orqali yetkazib beriladigan sug'orish tizimi suvidan foydalanishadi.
Bugungi kunga kelib, ushbu muammo kunning asosiy mavzusiga aylanib qoldi. Shuning uchun, bir guruh mahalla fuqarolari muammo yechimi yuzasidan jamoaviy murojaat qilishgan.
Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev boshchiligida tuzilgan tezkor ishchi guruh vakillari va tuman prokurori Sadirali Mirzokarimov ishtirokida mazkur murojaat manzilli o'rganildi. Sharqobod mahalla fuqarolar yig'ini hududidagi So'x daryosi o'zanida, ya'ni mahallaga boradigan suv manbai boshida mazkur muammo mahalla ahli, tegishli korxona-tashkilot va muassasalar mutasaddilari ishtirokida o'rganildi.
So'x daryosida yuzaga kelgan suv toshqi va 2023 yilning iyulь oyida ob-havoning keskin isib ketganligi sababli daryoning suv sathi oshib ketgan va So'x daryosidan suv oluvchi “Sharqobod” suv olish inshootida o'rnatilgan beton to'siqlarini oqizib ketgan.
Ayni vaqtda So'x daryosi qirg'og'ida qazilgan kanal orqali mahallaga yetkaziladigan suvning miqdori aholi talabotini umuman qoniqtirmaydi. Mahalla ahli ham o'z navbatida tuman hokimi va mutasaddilarga mahallaga suv yetkazib berish bo'yicha o'zlarining takliflarini berishdi.
Tuman hokimi mutasaddi idora vakillariga mazkur muammoni tez muddatda o'rganish va mahallani sug'orish suvi bilan ta'minlash choralarini ko'rish va bu bo'yicha tuman hokimligiga takliflar taqdim etish bo'yicha qat'iy topshiriqlar berdi. Ayni kunda So'x daryosining Sharqobod hududidan o'tuvchi qismida qurilishi tugatilmagan damba mavjud bo'lib, suv daryo qirg'og'ida barpo etilgan kanal orqali mahallaga yetkazib berilyapti.
Mahallaga zamonaviy suv yetkazib berish inshooti qurilishi uchun mablag' ajratilmaganligini hisobga olib, Sharqobod suv kanalining hozirgi yangi qurilayotgan suv olish darvozasidan yuqoriga qarab daryoning yo'nalishi bo'yicha chap qirg'og'ining 220 metr qismidagi tog' jinsi (kanglomerat) jarlikni 2-2,5 metr eniga va balandligi 8 metrgacha qismini maxsus ekskavator (otboynыy molotok) bilan tekksilab, kanal izini tayyorlash bo'yicha vazifalar berildi.
Qurilish uchun texnikalar safarbarligi va qurilish mahsulotlarini yetkazib berishda tuman hokimligi tomonidan amaliy yordam ko'rsatish alohida ta'kidlandi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz




Farg‘onada Xitoyning kompaniyalari bilgan hamkorlikda traktorlar ishlab chiqariladi
