“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida bajarilayotgan ishlar o‘rganildi






Qo‘shtepa tumanidagi “Namuna”, “Qorajiyda”, “Kichik beshkapa” hamda “Loyson” MFYlarida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu hududlarda kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida respublika ishchi guruhi vakillari Qo‘shtepa tumanida bo‘lishdi.
“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida bajarilayotgan ishlar tuman hokimi A.Abdullayev va mutasaddi tashkilotlar vakillari bilan joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
Tashrif davomida “Loyson” MFYda aholi tomorqalarini sug‘orish tizimini yaxshilash maqsadida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi. Shuningdek, mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Mahalladagi aholi bilan o‘tkazilgan suhbatlar davomida tomorqani doimiy daromad olish manbaiga aylantirish hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!