O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikasiya ID-kartasi qancha muddatga beriladi?

Fuqarolarga ID-karta quyidagi muddatlarga beriladi:
1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga — 2 yil muddatga;
1 yoshdan 16 yoshgacha — 5 yil muddatga;
16 yoshdan — 10 yil muddatga.
Bola tug‘ilgandan boshlab 16 yoshga to‘lguniga qadar ID-karta ota-onalar, vasiylarning (homiylarning) ixtiyoriga ko‘ra beriladi.
Eslatma: fuqaro ID-kartasi amal qilish muddati tugaganda va tegishli yoshga to‘lgandan so‘ng bir oy muddatda ID-karta olish uchun murojaat qilishi lozim.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6065-son Farmoni.
Abdumannon Umriddinov - So‘x tumani adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi sho‘‘ba mudiri
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Hududlar tozaligi va obodligiga e‘tibor qaratish kunning asosiy masalasidir



Nikohni qayd etish uchun ariza berish tartibi .