Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“Aholi bandligi to'g'risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati (O'RQ–642, 20.10.2020 y).

×

 2020-11-06 14:04:36    216

PDF yuklash
Chop etish


“Aholi bandligi to'g'risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati

va ahamiyati (O'RQ–642, 20.10.2020 y).

         I. Qonunning maqsadi           

         Aholi bandligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

         Aholining bandligini ta'minlashga oid qator masalalar Qonun darajasida belgilandi. Jumladan:

         •  aholi bandligini rag'batlantirish va tadbirkorlikka jalb etish uchun subsidiya, grant va kreditlar ajratish;

         •  har yili ish o'rinlarini tashkil etishga doir davlat buyurtmasini shakllantirish;

         •  mahalliy mehnat organlari tomonidan ish qidirayotgan va ishsiz shaxslarga ko'rsatiladigan xizmatlar turlari;

         •  ish qidirayotgan shaxslarni mahalliy mehnat organlari tomonidan ro'yxatga olish va hisobdan chiqarish tartibi;

         •  “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini yuritish;

         •  mehnat stajini elektron tarzda hisobga olish.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi aholi bandligi sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi.

         Qonun bilan Mehnat kodeksiga bir qator o'zgartirishlar kiritildi. Jumladan, ishsizlik nafaqasi 12 oylik davr ichida ko'pi bilan 26 hafta davomida to'lanishi belgilandi (amalda ishlamagan va birinchi marta ish qidirayotgan shaxslarga 13 hafta, boshqa toifadagilarga 26 hafta mobaynida to'lanadi).

         Qonunga ko'ra, ishsizlik nafaqasi miqdori quyidagicha oshiriladi:

ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) so'nggi 12 oylik davr ichida mahrum bo'lgan shaxslarga – avvalgi ish joyidagi o'rtacha oylik ish haqining 50 foizi miqdorida, lekin mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori (MHEKM – 679 330 so'm)dan oz bo'lmagan miqdorda (amalda MHEKMning 35,2 foizidan oz bo'lmagan);

ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo'lgan hamda uzoq (1 yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashga harakat qilayotgan shaxslarga – MHEKMning 1 baravari miqdorida (amalda MHEKMning 26,5 va 35,2 foizidan oz bo'lmagan miqdorlarda);

ilgari ishlamagan, birinchi marta ish qidirayotgan shaxslarga – MHEKMning kamida 75 foizi miqdorida (amalda MHEKMning kamida 26,5 foizi miqdorida).    

         Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran 3 oy o'tgach kuchga kiradi.