Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 35 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XALQ DEPUTATLARI SO'X TUMANI KENGAShINING O'N OLTINChI SESSIYaSI BO'LIB O'TDI

×

 2020-10-28 16:30:39    66

PDF yuklash
Chop etish


XALQ DEPUTATLARI SO'X TUMANI KENGAShINING O'N OLTINChI SESSIYaSI BO'LIB O'TDI

Sux tumani madaniyat bo'limi majlislar zalida oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Sux tumani Kengashining o'n oltinchi sessiyasi bo'lib o'tdi. Sessiyasida xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman sektor rahbarlari, tuman hokimining o'rinbosarlari, tumandagi korxona tashkilotlar va ta'lim muassasalari rahbarlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdilar. Sessiyaga tuman Kengashi deputati, tuman Kengashi raisining o'rinbosari, Xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiya raisi Masudjon Jumayev raislik qildi.

                   Sessiya kun tirtibining birinchi masalasi - joriy yilning 11-oktyabr kuni o'tkazilgan bo'shab qolgan xalq deputatlari tuman Kengashi deputati saylovi natijalari yuzasidan ishtirokchilar tuman saylov komissiyasi raisi Amir Temirovning hisobotini tinglashdi.

         Tumanda 2020 yilning 11-oktyabr kuni O'zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida”gi Qonunining 6, 24-moddasi, Saylov kodeksining 93-moddasi hamda O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2020 yil 26 avgustdagi 1033-sonli qarori va Xalq deputatlari So'x tuman Kengashi qaroriga muvofiq tumanimizdagi 4 ta - 15-Demursad, 10-Obishir, 23-Tul, 25-G'aznov saylov okruglarida bo'shab qolgan o'ringa Xalq deputatlari So'x tumani Kengashi deputati saylovi o'tkazildi. Ta'kidlandiki, saylovlar adolat mezoni va haqiqat tamoyillari asosida o'tkazilib, saylovchilar o'zlarining munosib nomzodlariga ovoz berishdi.

         Shundan so'ng kun tartibining ikkinchi masalasi - O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari boshchiligida joriy yilning 23 oktyabrь kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimiz ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Farmoni loyihasi muhokamasi bo'yicha o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida berilgan topshiriqlari ijrosi hamda bu borada hududda amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar yuzasidan So'x tumani Xalq ta'limi bo'limi mudiri Amirjon Temirov ma'ro'za qildi.

         Amirjon Temirov sessiya ishtirokchilariga Farmon loyihasi bo'yicha to'liq ma'lumot berdi va So'x tuman maorifchilari tomonidan tuzilgan takliflarni sessiya ishtirokchilariga o'qib eshittirdi. Shuningdek, sessiya ishtirokchilari ham o'z takliflarini ushbu Farmon loyihasi bo'yicha bayon etishdi.

         Muzokaralardan so'ng sessiyada navbatdagi uchinchi masala muhokama qilindi. Tumanda epidemiologik vaziyat va sharoitdan kelib chiqib, maktabgacha ta'lim tashkilotlar faoliyatini yo'lga qo'yish, bu borada maktabgacha ta'lim tashkilotlarni sanitar talablarga muvofiq birlamchi vositalar bilan ta'minlash, dezinfektsiya ishlarini tashkil etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bo'yicha sessiya ishtirokchilari tuman maktabgacha ta'lim bo'lim mudiri Gulnoza Usmonovaning hisobotini tinglashdi.

         Sessiya kun tartibidagi to'rtinchi masala - O'zbekiston Respublikasining “Davlat mukofotlari to'g'risida”gi hamda “Faxriy murabbiy” ordenini ta'sis etish to'g'risida”gi Qonunlarida belgilangan vazifalarni o'z vaqtida samarali ijro etilishini ta'minlash, “Faxriy murabbiy” ordeniga nomzodlarni o'rganishda xolisona va adolatli yondashish, mamlakatimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligiga bevosita hissa qo'shayotgan nomzodlarni tanlash, ularni o'rganish va eng munosiblarini taqdim etish bo'yicha tumanda tashkil etilgan komissiya tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan So'x tumani Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limi boshlig'ining o'rinbosari, “Faxriy murabbiy” ordeniga nomzodlarni o'rganish bo'yicha tuman komissiyasi raisi Tojiboy Dodoboyev hisobot berdi.

         Shundan so'ng, tuman hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Sayidbahrom Sayidmusayev so'zga chiqib, ko'rilgan har bir masala o'zining dolzarbligi bilan ahamiyatli ekanligini ta'kidladi. Ko'rilgan har bir masala, muhokama etilgan sessiya kun tartibi bo'yicha mutasaddi idoralar rahbarlari mas'uliyatni his etgan holda faoliyat olib borishlari lozimligi qayd etildi.

         So'ng tuman hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Sayidbahrom Sayidmusayev “Deputatlar maqomi to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga asosan xalq deputatlari So'x tumani Kengashining faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilib borishni tashkil etish bo'yicha komissiyalarning yangi tarkibi bilan tanishtirdi va deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.

         Sessiya davomida qo'yilgan masalalar bo'yicha deputatlarning muzokaralari tinglandi. Masala yuzasidan sessiya ishtirokchilari o'zaro fikr almashdilar va shu bilan Xalq deputatlari So'x tumani Kengashining o'n oltinchi sessiyasi yakunlandi.

                  So'x tumani hokimligi Axborot xizmati