Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

INSONIY FAZILATLAR E’TIROFI

×

 2020-10-09 16:34:14    160

PDF yuklash
Chop etish


INSONIY FAZILATLAR E’TIROFI

         Mehr-oqibat, saxovat va ko'mak, boshiga ish tushganda bir-biriga yelkadosh bo'lishdek fazilatlar bizning xalqimizga munosib bo'lgan azaliy odatlardan sanaladi. Bu xislatlar bizning qon-qonimizga singib ketgan umrboqiy qadriyatlardan desak, aslo mubolag'a qilmagan bo'lamiz. Koronavirus pandemiyasi davrida xalqimizga xos bo'lgan mana shunday olijanob fazilatlar yana bir karra namoyon bo'ldi.

         Barchamizga ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 maydagi Farmoniga asosan “Mehr-saxovat” ko'krak nishoni ta'sis etilgan. Bu mukofot saxovatpesha, mehr-oqibatli, qo'li ochiq, mo'htojlarga tayanch, hayot yo'lida qiynalgan insonlarga suyanch bo'ladigan, boshiga ish tushganda yordam qo'lini cho'zadigan, xalq uchun beminnat xizmat qiladigan, beg'araz homiylik yordami hamda ezgu ishlari bilan ko'pchilikka alohida o'rnak bo'layotgan yurtdoshlarimiz mehnati e'tirofining nishonasidir.

         Pandemiya davrida fuqarolarimizning farovon turmushini ta'minlash, xalqimizga beminnat xizmat ko'rsatish, mehr-muruvvat tadbirlarida So'xliklar ham chetda turmadi. Ularning yuksak insoniy fazilati munosib taqdirlandi. Tumanimizdan 5 nafar tadbirkor, 5 nafar tibbiyot, hamda 6 nafar sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi xodimlari, shuningdek, 1 nafar tuman hokimligi ushbu mukofot sohibi bo'lishdi.

         Bugun tuman madaniyat bo'limi majlislar zalida tashkil etilgan tadbirda “Mehr-saxovat” ko'krak nishoni o'z egalariga topshirildi. Tadbirda so'z olgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev mukofotlanganlarni tabriklar ekan, ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar va xayrli amallar mehr-saxovat va oqibat namunasi ekanligini alohida e'tirof etdi.

         Tadbir davomida so'xlik saxovatpesha tadbirkorlar – Dadaxon Akparov, Barotjon Sarmisoqov, Mahmanazar Nurmatov, Ahmadjon Ibragimov, Valijon To'ychiyev, Sux tuman  tibbiyot birlashmasi xodimlari Mehrubon Boltayev, Feruza Salimova, Hayidaxon Fattoyeva, Mayramxon Yusupova, Odina Salimova, tuman SEOM xodimlari Faxridin Faxridinov, Aminjon Suyunboyev, Shahobiddin Gadoyboyev, Hafizxon Rabiyev, Luqmonjon Isoyev, Farhod Shodiyev va tuman hokimligi vakili Yunusjon Sidirovlarga “Mehr-saxovat” ko'krak nishoni tantanali tarzda topshirildi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati