Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Bosh vazir: So'x bo'yicha hech bir topshiriq qog'ozda qolmaydi

×

 2020-08-12 18:57:44    91

PDF yuklash
Chop etish


Bosh vazir: So'x bo'yicha hech bir topshiriq qog'ozda qolmaydi

         O'zbekiston Respublikasi  Bosh vaziri A. Aripov ishtirokida So'x tumanida bo'lib o'tgan faollari yig'ilishida Prezidentimizning joriy yil 8 avgustda qabul qilingan “2020-2021 yillarda Farg'ona viloyatining So'x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorida belgilab berilgan vazifalar muhokama etildi.

         Mamlakatimizning chegaradosh hududlariga qaratayotgan yuksak e'tiborni So'x tumani misolida ham yaqqol ko'rish mumkin. Bugun qaysi bir joyga bormang aholi farovonligi uchun muhim bo'lgan ichimlik suvi yoki elektr-energiya ta'minotini yaxshilash, ko'chalarni asfalьtlash, yangi inshootlarga poydevor qo'yish kabi ezgu ishlar qizg'in pallaga kirayotganiga guvoh bo'lasiz. Xususan, davlatimiz rahbarining topshirig'i asosida tumandagi muammolarni hal etishga alohida e'tibor qaratilib, har bir mahalla, har bir xonadon o'rganib chiqildi.

         Aholini, ayniqsa, yoshlarning bandligini ta'minlash muhim vazifalardan sanaladi. Bu bo'yicha amalga oshirilgan ishlar natijasida uch mingdan ortiq ishsizlarning bandligini ta'minlashga erishildi. 345 nafari Toshkent shahridagi yirik qurilish tashkilotlariga, 995 nafari tumandagi muaassasalarga doimiy ishga  joylashtirildi. Ichki yo'llarni ta'mirlash uchun 18 milliard so'm sarflandi. 15 mingdan ortiq iste'molchilarning elektr ta'minoti yaxshilandi. 20 kilometr ichimlik suvi tarmog'i tortildi. Hududlarda aloqa sifatini yaxshilash maqsadida 74 kilometr optik tola tarmog'i tortilib, 5 ta baza stantsiyalari o'rnatildi. Xushyor massividagi foydalanilmayotgan 200 gektar maydon o'zlashtirildi. Bu kabi ishlarni ko'plab aytish mumkin.

         Davlatimiz rahbarining 8 avgustda qabul qilingan qarori esa bu ishlarning mantiqiy davomi bo'ldi. Qaror bilan tasdiqlangan 2020-2021 yillarda So'x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlarining manzilli dasturiga 146 ta loyiha kiritilgan bo'lib, 639 millirad so'm mablag' sarf etiladi. Mazkur ishlar natijasida 11 mingdan ortiq aholi uchun yangi ish o'rinlari yaratilishi ko'zda tutilgan. Birgina sanoat, xizmatlar va qishloq xo'jaligini rivojlantirish bo'yicha 95 ta loyihani amalga oshirish hisobiga 5 000 ta yangi ish o'rinlari yaratiladi.

         Yo'l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish borasida 160 km shag'al qoplamali yo'llarni sementobeton qoplamaga o'tkazish va asfalьt qoplama yotqizish, 106 km tuproq yo'llarni shag'al qoplamaga o'tkazish va 40 km sementobeton piyodalar yo'laklarini qurish belgilangan. Tuman markazida Rovon shahar bosh rejasiga muvofiq har biri 30 xonadonli 7  ta 5 qavatli uy-joylar quriladi. Tibbiyot, ta'lim va boshqa yo'nalishda amalga oshiriladigan ishlar ham aholi turmush darajasini oshirish, ular uchun qulay sharoitlar yaratishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

         Respublika ishchi guruhi tomonidan mutasaddi rahbarlar ishtirokida Dastur doirasida amalga oshirilayotgan har bir  loyihanining o'z muddatida va sifatli  amalga oshirilishini ta'minlash va bajarilgan ishlarni muntazam muhokama qilib borish topshirildi.

         Tuman faollari yig'ilishida ana shu yo'nalishda belgilangan vazifalar chuqur tahlil etildi. So'x tumani uchun chiqarilgan mazkur qaror uning istiqbolini belgilovchi muhim dasturilamal bo'lganligi ta'kidlandi. So'z chiqqan faxriylar, mahalla faollari bu kabi ezgu ishlar uchun Prezidentimizga o'z minnatdorliklarini bildirishdi.

                   Sux tumani hokimligi Axborot xizmati