Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Suxda obodlik va bunyodkorlik ishlari avj olmoqda

×

 2020-08-01 11:41:24    99

PDF yuklash
Chop etish


Suxda obodlik va bunyodkorlik ishlari avj olmoqda

         Olis Suxda anklav hudud bo'lishiga qaramay, ijtimoiy hayot ancha rivojlangan. Bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari esa jadal sur'atlar bilan olib borilmoqda. Nafaqat dasturga kiritigan qishloqlar, balki hali dasturga kirmagan mahallalarda ham xalqning kuchi bilan obodlik va bunyodkorlik ishlari avj olgani ayni haqiqat. Buni birgina Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig'ini misolida ko'rishimiz mumkin.

         Mahalladagi saxovatpesha insonlar ko'magida mahalla binosi yonida umumiy qiymati 150 million so'mni tashkil etgan yangi zamonaviy majlislar zali qurilib, foydalanishga topshirildi. –“Barcha ishlar, qurilish va majlislar zalini bezatish ishlari saxovatpesha homiylarimiz tomonidan amalga oshirildi. Men rais sifatida ko'rsatilgan yordam va ko'maklar uchun barcha homiylarimizga minnatdorchilik bildiraman. Deputat sifatida ham deputatlik nazorati ostida mahallada ancha ishlarni amalga oshirdik. Viloyat hokitmi Sho'hrat Madaminovich G'aniyevning Xalq deputatlari Sux tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida xalq farovonligini oshirish, aholini har tomonlama qo'llab-quvvatlash va Vatanga bo'lgan daxldorlik hissi har bir fuqaro qalbida jo'sh o'rib turishi, samarali faoliyat olib borish uchun sidqidildan mehnat qilish lozimligi bo'yicha bizga bergan topshiriqlarini so'zsiz bajarishga harakat qilayapmiz”-deydi biz bilan so'hbatda mahalla raisi Subhonali Nishonov.

         Taqdimot marosimida ishtirok etgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev va boshqa rahbarlar mahalla mutasaddiylari va saxovatpesha insonlarga muvaffaqiyat tiladilar. Mahalla buyuk Vatanning bir bo'lagi, Vatan obodligi mahalladan boshlanishi taqdimot marosimida ta'kidlab o'tildi.

         Shu kunning o'zida Chumoqcha mahalla fuqarolar yig'inida umumiy qiymati 600 million so'm bo'lgan inshoot qurib, foydalanishga topshirildi. Endi Chumoqa mahalla fuqarolar yig'ini mutasaddiylari ham o'z faoliyatini yangi zamonaviy binoda davom ettirishadi. Davlat-xususiy sherikchilik asosida qurilgan bu inshootning hududida yangi zamonaviy kompleks bunyod etiladi. -“Qurilajak inshootning umumiy qiymati salkam to'rt milliard so'mni tashkil etadi. Bu kompleks tarkibiga aholiga maishiy xizmat ko'rsatish shoxobchalari, dam olish va istirohat maskanlari kiradi”,-dedi qurilishga bosh bo'lgan yosh tadbirkor Shavkatjon Akbarov.

         -“Mahalla tizimiga Prezidentimiz tomonidan berilayotgan e'tibor bu mahallada faoliyat olib borayotgan mutasaddiylarning mehnati va faoliyatiga bo'lgan e'tibordir. Chunki mahalla bu fuqarolar uchun umid va ishonch maskanidir. Mahallaga bo'lgan ishonch davlat idoralari xodimlariga bo'lgan ishonchdir. Bizning mahalla ham endilikda o'zining yangi zamonaviy ma'muriy binosiga ega bo'ldi. Faoliyatimizni mana bunday ko'rkam binolarda xalqning xizmatiga astoydil bel bog'lab davom ettiramiz”,-deb bizga yuzlandi tuman ichki ishlar bo'limi profilaktika inspektori mayor Bobojon Hisenov. Ha, ayni Qurbon hayiti arafasida Sux mahalla fuqarolar yig'ini idorasining foydalanishga topshirilishi hudud aholisiga  katta bayramona sovg'a bo'ldi.

         Olis va chekka hududlarda davlat idoralari uchun qurib berilayotgan bu kabi zamonaviy inshootlar bir narsadan darak beradi. Davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan - “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalq uchun xizmat qilishi kerak” degan ezgu g'oya bugun amalda o'z ifodasini topmoqda. Aslida, davlat idoralarining xalqqa xizmat qilishi uchun, barcha zaruriy shart-sharoitlar yaratib berilishi lozimligi ham kunning asosiy masalalardandir.

                   Sux tumani hokimligi Axborot xizmati