Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 27 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Yosh sportchilarga bayram sovg'alari topshirildi

×

 2020-07-01 11:30:08    98

PDF yuklash
Chop etish


Yosh sportchilarga bayram sovg'alari topshirildi

         Respublikamizning barcha hududlarida bo'lgani kabi Sux tumanida ham Yoshlar kuniga bag'ishlab, tantanali tadbirlar bo'lib o'tdi. Albatta, karantin talablariga qat'iy rioya etgan holda.        

         Bu yilgi Yoshlar kuni tadbiri 21-sonli UO'T maktabi o'quvchi yoshlari qalbida mangu qoladi desak, mubolag'a qilmagan bo'lamiz. Chunki yoshlar kuniga bag'ishlab tashkil etilgan tadbirda Sux tumani hokimi Sayidbahrom Sayidmo'sayev, O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qumondonining birinchi o'rinbosari Abdullayev Bekmurod Tojimirzayevichlar ishtirok etishdi.

         Tadbirda so'z olgan O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qumondonining birinchi o'rinbosari A. B. Tojimirzayev Suxlik yoshlarni bayram bilan tabrikladi. Ta'kidlandiki, O'zbekiston Respubliksi Milliy gvardiyasi Sux tumani hokimligi va tuman xalq ta'limi bo'limi bilan hamkorlikda mo'htaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5ta muhim tashabbus doirasida yoshlarni vatanparvarlik ro'hida tarbiyalash, ularni ro'han va jismonan chiniqtirish maqsadida, shuningdek, ularni sport bilan muntazam shug'ullanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish borasida bir qator ijobiy tadbirlarni amalga oshirishmoqda. Bugungi tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad ham yoshlarni vatanparvarlik ro'hida tarbiyalash, ularni har tomonlama yetuk insonlar etib voyaga yetkazishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

         Sux tumani hokimi S. Sayidmo'sayev o'z so'zida Suxlik yoshlarni bayram bilan tabriklab, ularga Prezidentimiz tomonidan berilayotgan e'tibor haqida alohida to'xtalib o'tdi. –“Birgina Suxlik yoshlarni oliy o'quv yurtlariga kirishlari uchun Prezidentimiz tomonidan berilgan olamshumul e'tibor - 500 ta kvota barcha yoshlarimiz qalbida mangu joy oladi desak, mubolag'a emas. Bugungi yoshlar barcha kuch va bilimi, g'ayratini shu aziz Vatan ravnaqi va rivojiga sarfarbar etishi davr va zamon talabidir. Bu nafaqat Siz yoshlar, balki biz rahbarlarga ham katta kuch va g'ayrat, shijoat bag'ishlaydi.

         Biz Sizlar bilan hari doim olg'a intilishimiz, Prezidentimiz belgilab bergan yo'ldan borishimiz zarur. Agar biz bu yo'lda birdanu birjon bo'lsak, marra va nurafshon kelajak bizniki”-deya ta'kidladi hokim.

         Shundan so'ng, O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi askar va zobitlari tomonidan maxsus jismoniy mashqlar namoyish etildi. Askarlarni qarsaklar bilan olqishlagan tadbir ishtirokchilari Vatan posbonlarining jismoniy va ma'naviy yetuk ekanliklariga yana bir karra amin bo'lishdi.

         O'z navbatida 21-sonli UO'T maktabi o'quvchilari ham bayram ishtirokchilarini o'z she'rlari va chiroyli raqslari bilan tabriklashdi.

         Ta'kidlash lozimki, O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qumondonligi tadbirga o'z sovg'alari bilan tashrif buyurishdi. Maktab yosh sportchilariga turli xil sport anjomlari taqdim etildi. Sovg'alarni yosh sportchilarga hadya etilishida O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo'riqlash bosh boshqarmasi xodimlari birlashgan kasaba uyushmasining alohida o'rni bor.

         Sovg'alarni qabul qilib, yosh sportchilar mamlakatimiz Milliy Gvardiyasi qumondonligiga samimiy minnatdorchlik bildirishdi.

                   Sux tumani hokimligi Axborot xizmati