Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SOʼXLIKLАRGА GʼАMXOʼRLIK

×

 2020-05-28 13:49:51    104

PDF yuklash
Chop etish


SOʼXLIKLАRGА GʼАMXOʼRLIK

         Mana ikki yarim oydirki asr vabosi - koronavirus tufayli jahon ahli karantin holda yashab kelmoqda. Mamlakatimizda olib borilgan va olib borilayotgan tezkor chora-tadbirlar tufayli bu pandemiya oldi olinmoqda va kasallikka chalinganlar shifokorlarning say-harakatlari tufayli sogʼaymoqdalar. Bunda mamlakat xavfsizlik choralarini ko’rmoqda. Prezident va hukumat har bir fuqaroni turmush tarzi, sogʼligi, yashash sharoiti bilan tanishib, moddiy, maʼnaviy va bepul tibbiy yordam koʼrsatib kelmoqda.

         Shu ogʼir va sinovli kunlarda xalqimizning saxovatpesha kishilari qo’llaridan kelgancha koʼmak bermoqda. “Saxovat va koʼmak” umumxalq harakati keng quloch yoydi.

         Soʼx tumanida ham ushbu ogʼir sharoitdan chiqish uchun qator amaliy ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. Mamlakat Prezidenti va hukumatimiz nazaridan chetda qolmagan Soʼx xalqi koronavirusdan xoli hududga aylandi. Bu hammasi oʼz vaqtida kurilgan chora tadbirlar va karantin qoidalariga qatʼiy rioya qilish tufayli ekanligi sir emas.

         To’rt tomoni Qirgʼiziston bilan oʼrab olingan anklav Soʼxdan 200 dan ortiq fuqarolar har xil sabablar bilan viloyat markaziga kelib, karantin tufayli qolib ketdilar. Viloyat hokimi Sh. Gʼanievning bevosita eʼtibori va gʼamxoʼrligi tufayli karantinda qolgan Soʼxliklarga zarur shart-sharoit yaratib berildi. “Vaqf” xayriya fondining viloyat filiali tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlandilar. Viloyat hokimi topshirigʼi bilan 132 nafar soʼxliklar “Zilol” sanatoriyasiga joylashtirildi. 3 mahal ovqat va muntazam tibbiy nazorat ostida dam olmoqdalar.

         - “Musofirlik oson emas”, - deydi D. Davronov. – “Lekin doimiy gʼamxoʼrlikdamiz. Buning uchun viloyat hokimidan, saxovatli kishilardan minnatdormiz”.

         - “Haqiqatdan ham ikki yarim oy davomida xalqimizning mehr-oqibatliligini, xayru saxovatpeshaligini koʼrib, lol qoldik,” - deydi oʼqituvchi Bahobjon Maksimov. – “Biz sanatoriyaning tabiblari Yoqubjon Latipov, Muhammadaly Niyoziddinov, Maʼrufchon Аhmadaliev, hamshiralar Kumushxon Nurmatovayu Dilfuza Bahromovalardan minnatdormiz. Ularning mehrubonliklari, xushmuomalaliklaridan karantinni ham esdan chiqardik, sogʼ boʼlsinlar”. Sanatoriya bosh hakimi Yoqubjon Latipovning taʼkidlashicha, 76 nafar vrach va hamshiralar soʼxliklar xizmatida boʼladilar.

         Viloyat hokimi Sh. Gʼanievning koʼrsatmasiga asosan 15 nafar soʼxliklar viloyat kardiologiya markaziga joylashtirildi. Markaz bosh hakimi Ilhom Mallaevning xizmatlari alohida maqtovga loyiq. Shuningdek, R. Аmirshoev, O. Аhmadjonovlar ham markaz shifokorlari B. Jumaev, N. Isoev, M. Eranov, S. Umaralieva, M. Mirzorahimov, hamshiralar N. Umarova, M. Toʼxtasinova, R. Mamadalieva, M. Isomova, Sh. Isomovalar haqida iliq soʼz aytdilar. Ularning xizmatlaridan minnatdor ekanliklarini bildirdilar.

         Fargʼonadan tashkil etilgan maxsus shtab aʼzolari F. Joʼraev, B. Latipov, N. Аmirshoev, T. Аbdulloev, M. Mirzoev, S. Oxonovlar barcha karantinda qolgan soʼxliklarni aniqlab, ruyxatga olib, moddiy-maʼnaviy yordamlarni oʼz egalariga yetkazishda sadoqat bilan xizmat qildilar.

         Ha, ikki yarim oydan buyon oilamizdan, yor-birodar, qon-qarindoshlarimiz va yashash joyimiz – jannatmakon Soʼx vohasidan uzoqda saxovatli, bagʼri keng insonlar bagʼrida yashayapmiz. Davlatimiz, viloyat rahbarlarimiz himoyasi va nazoratida boʼlib, hamisha duodamiz. Parvardigor bu ogʼir sinovli kunlarni ham dafʼ etishdan, yana yaxshi kunlar kelishidan va hayotimiz oʼz iziga tushishdan umidvormiz.

                   Sodiqjon TOHIROV – “Sadoi Sux" ro’znomasi

                                                        bosh muharriri, Fargʼona shahri