Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Kitoblar onlayn tarzda yetkazib berilmoqda

×

 2020-05-26 16:50:11    85

PDF yuklash
Chop etish


Kitoblar onlayn tarzda yetkazib berilmoqda

         Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 martdagi PF-5969–sonli “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʼyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash hamda COVID-19 – koronavirus pandemiyasi munosabati bilan qoʼshimcha choralarni belgilash maqsadida Soʼx tumanidagi axborot kutubxona markazining ichki mehnat tartibi qoidalariga xodimlarning masofadan turib – uy rejimida ishlashi, bunday ish rejimlaridagi mehnatni tashkil qilish va ish haqi toʼlashga doir qoʼshimchalar kiritildi.

         Karantin vaqtidagi virusdan himoya qilish maqsadida, xodimlar mehnat faoliyati jihatidan quyidagi toifalarga boʼlindi:

         - mehnat taʼtiliga chiqadigan xodimlar;

         - ish haqi saqlanmaydigan taʼtilga chiqadigan xodimlar;

         - masofadan – uydan turib ishlash rejimiga oʼtkaziladigan xodimlar;

         - mehnat faoliyatini davom ettiradigan xodimlar.

          Joriy yilning 1 aprelidan boshlab АKM mutasaddiy xodimlari masofadan, yaʼni uydan turib, kitobxonlarni elektron "ONLINE", "Telegram" va "Facebook" kanallari orqali kerakli elektron kitoblar bilan taʼminlab borishmoqda. Аxborot kutubxona markazi 2020 yilning 1 aprelidan 14 mayiga qadar 4872 ta kutubxonaga oid plakatlar, 8903 ta kutubxona hujjatlari va foydalanuvchilarga taqdim etilgan hujjatlar, 2248 ta audio kitoblar va hikoyalar, 64 ta ovozli hikoyalarni tuman axborot kutubxona markazi kanallari orqali kitobxonlar va kitobsevar o’quvchilarga yetkazib berish uchun harakat qilishmoqda. Bunday xizmat ko’rsatish tartibidan kitobsevar o’quvchilar ham xursand, chunki ularga zarur bo’lgan adabiyotlar xodimlar tomonidan qisqa vaqtda topib yetkazib berilmoqda – deyiladi Sux tumani Аxborot kutubxona markazi direktori Zafarjon Gʼanievning bizga bergan maʼlumotida.

         Soʼx АKMning telegramdagi rasmiy kanali - t.me/suxakm2020 va Feysbukdagi rasmiy sahifasi: https://www.facebook.com/groups/824034121444912/, Kitobsevar o’quvchilar mana shu manzillarga ham murojaat etib, sevimli kitob va adabiyotlarini topib mutolaa qilishga imkoniyatlari borligini har bir kitobxonga yetkazamiz. Kitob bilimlar bulogʼi ekanligini aslo unutmaylik.

                   Sux tumani hokimligi Аxborot xizmati