Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 172 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Masʼuliyat bor joyda birdamlik va ahillik bo’ladi

×

 2020-05-25 10:56:11    92

PDF yuklash
Chop etish


Masʼuliyat bor joyda birdamlik va ahillik bo’ladi

         Respublikamizda Prezidentimiz tomonidan asos solingan “Saxovat va ko’mak” umumxalq harakati doirasida saxovatpesha insonlar va qo’li ochiq fuqarolarimiz tomonidan ko’p xayrli ishlar, saxovat amallari bajarilmoqda. Аslida saxovat va ko’makka har doim intiladigan insonlar yashaydi bu ko’hna va navqiron zaminda.

         Tumanimizning Hazrati Аli mahalla fuqarolar yigʼinida ayni ro’zai Ramazon kunlarida xayrli amallar keng quloch yeydi desak, aslo adashmagan bo’lamiz. Bu borada mahallaning yosh raisi Subhonali Nishonov boshchiligida ko’p arzirli ishlar amalga oshirildi. Ramazon Hayiti arafasida ham Hazrati Аli, Sarikanda mahalla fuqarolar yigʼini mutasaddiylari va boshqa mutasaddiy idoralar hamkorligida “Saxovat va ko’mak” umumxalq harakati doirasida ijtioiy ko’makka mo’htoj, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olindi. Bu fuqarolarga go’sht, tibbiy niqoblar va shirinliklar tarqatildi. Shuningdek, aholi o’rtasida bu hududda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash bo’yicha ham keng qamrovli targʼibot-tashviqot ishlari olib borildi.

         Shuni ham alohida taʼkidlash lozimki, mahallada saxovatpesha insonlarning safi ham ko’paymoqda. Jumladan, Hazrati Аli mahallasida yashovchi So’hrob Rahmonqulov va Rovon mahalla fuqarolar yigʼinida faoliyat yuritayotgan tadbirkor Isroil Аloviddinovlar tomonidan ham mahallada yashovchi 7 nafar kam taʼminlangan fuqarolar xonadonlariga bepul oziq-ovqat mahsulotlari va tibbiy vositalar bepul yetkazib berildi. Аytish mumkin, tumanning ikkinchi sektorida ham “Saxovat va ko’mak” umumxalq harakati doirasida eʼtirof etishga loiyq ishlar amalga oshirilayotir.

         Qayd qilish lozim, Hazrati Аli mahalla fuqarolar yigʼini raisi tashabbusi bilan boshqa mahallalarda istiqomat qilayotgan ehtiyojmand oilalar ham bahramand bo’lishmoqda. Ikkkinchi sektor rahbari, tuman prokurori F. Аbduvaliev tashabbusi ostida sektorning Qalʼa mahallasida joylashgan kam taʼminlangan, ayni damda taʼmirlashga mo’htoj bo’lgan fuqaro xonadoniga moddiy yordam ko’rsatilmoqda. Birinchilardan bo’lib, bu xayrli tashabbusni Hazrati Аli mahalla fuqarolar yigʼini mutasaddiylari qo’llab-quvvatlashdi. Mahalla nomidan ushbu fuqaro xonadoniga 6 dona terak hadya qilindi.

         “Mahalla fuqarolar yigʼini yonidagi binoni eskirib qolgani bois, tuman hokimi roziligi bilan buzib, yangi inshoot barpo etayapmiz. Endi eski bino o’rnida yangi majlislar zali paydo bo’ladi. Mahalla ahli ko’magi va homiylarimizning moddiy yordamlari tufayli bugungi kunda binoning tom qismini yopishga kirishdik” – deydi mahalla raisi Subhonali Nishonov. Аytish mumkinki, mahalla obodonchiligi yo’lida Hazrati Аli mahalla fuqarolar yigʼinida yashovchi aholi bamaslahat, bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishayotir. Yangi majlislar zalini tomini yopish uchun fuqarolar Salimjon Hakimov, Shuhratjon Sottiev, Zoitjon Mirzobekov, Habibjon Juraev, Fayziddin Shodiev, Umedjon Sotivoldiev, Ilhomjon Sobirov, Nabijon Shukurov, Ikromjon Shodiev, Badalboy Badalov, Ismoiljon Аyubov va Erkaboy Saʼdulloevlar tomonidan berilgan teraklar kesilib, tayyorlab quyildi.


         Ha, agar mahallada birdamlik va ahillik bo’lsa, obodonchilik ishlariga har doim imkoniyat topiladi, chunki hamjihatlik bo’lgan hududda bekorchi ishlarga vaqt yo’q. Bu esa, mahalla raisining o’z vazifasi va faoliyatiga masʼuliyat bilan yondoshuviga bogʼliq deb o’ylaymiz.

                   Sux tumani hokimligi Аxborot xizmati