Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 60 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Аholiga ixcham issiqxonalar berilmoqda

×

 2020-05-19 16:46:54    85

PDF yuklash
Chop etish



Аholiga ixcham issiqxonalar berilmoqda

         Tomorqadan samarali foydalanish bo’yicha tumanning birinchi sektori hududida keng qamrovli targʼibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Tomorqa daromad manbai ekanini teran anglagan fuqarolarimiz bugun har bir qarich yerni oltinga tengligini ham yaxshi bilishadi. "Ozod" shirkat xo’jaligi hududiga bahor tuman markaziga nisbatan bir oy oldinroq keladi" degan odam mubolagʼa qilmagan bo’ladi. Fevral oyida ekilgan kartoshka Qalʼacha mahalla fuqarolar yigʼinida hosil berishni boshladi. Shuningdek, ijtimoiy ko’makka mo’htoj va kam taʼminlangan oilalarga ham subsidiya asosida issiqxonalar berilishi qo’shimcha daromad manbai hisoblanadi. Lenburg mahallasida yashovchi fuqaro, boquvchisini yo’qotgan ayol - Hamidaxon Mirzobekovaga ham tuman hokimi ishtirokida ixcham issiqxona taqdim etildi. Bunday ehsondan Hamidaxon-opa va farzandlarining quvonchi cheksiz.

                   Sux tumani hokimligi Аxborot xizmati