Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Tuzilgan rejalar amaliy ishga aylanadimi?

×

 2020-05-13 16:04:49    104

PDF yuklash
Chop etish


Tuzilgan rejalar amaliy ishga aylanadimi?

         Bugun oldimizda turgan eng asosiy va dolzarb masala - aholi bandligini, ayniqsa, yoshlarni domiiy ish joyi bilan taʼminlashdan iborat. Bu yo’nalishda tumanimizning qishloq xo’jaligi sohasida ham imkoniyat doirasida ishlar olib borilayotir. Soha mutasaddiylarining maʼlumotiga ko’ra, tumanda mavjud bogʼ va tokzorlar qator oralariga to’liq ekin ekilishini tashkil etish, shu orqali aholi bandligini taʼminlash, bunda foydalanishdan chiqqan va lalmi yerlarda quduq qazib, aholiga bo’lib berish bo’yicha asoslantirilgan hisob-kitoblar orqali ishlar amalga oshirilayotir.

         O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 dekabrdagi “Mavjud yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, 2020 yil hosili uchun qishloq xo’jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish va mahsulot yetishtirishning prognoz hajmlari to’gʼrisida”gi 1025-sonli hamda viloyat hokimining 2019 yil 30 dekabrdagi 438-sonli qarorlarini ijrosini taʼminlash maqsadida Sux tumani hokimining 2020 yil 4 yanvardagi 1-sonli qarori qabul qilingan.

         Tumanda jami 1197 gektar bogʼ maydoni - shundan, “Ozod” shirkat xo’jaligida 67 gektar, “Sux” shirkat xo’jaligida 236 gektar, “Hushyor” shirkat xo’jaligida 368 gektar, bogʼdorchilik yo’nalishidagi fermer xo’jaliklarida 424 gektar, hamda boshqa qishloq xo’jaligi korxonalari hisobida 102 gektar bogʼ maydoni mavjud. Ushbu bogʼ maydonlaridan 2020 yil hosili uchun jami 15 530 tonna meva, shundan – 7 680 tonna olma, 6 800 tonna o’rik, 120 tonna nok, 220 tonna gilos, 120 tonna olxo’ri, 310 tonna yongʼoq, 280 tonna boshqa meva turlarini yetishtirilishi prognoz qilinmoqda. Mazkur 1197 gektar bogʼ maydonidan 812 gektar bogʼ qator orasiga qishloq xo’jaligi ekinlari ekilishi rejalashtirilgan bo’lib, bugungi kunda 318 gektariga boshoqli don, 74 gektariga kartoshka, 47 gektariga sabzavot, 53 gektariga dukkakli ekinlar, 4 gektariga moyli ekinlar, 2 gektariga poliz, 314 gektariga ozuqa va boshqa qishloq xo’jaligi ekinlari ekildi.

         Fargʼona viloyati hokimining 2020 yil 16 apreldagi “Viloyatda mavjud yer va suv resurslaridan yanada samarali foydalanish, oziq-ovqat mahsulotlari hajmini ikki barobarga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar to’gʼrisida”gi 105-sonli qarorining 1-ilovasiga muvofiq Sux tumani Hushyor massividagi oborotdan chiqib ketgan jami 50 gektar yer maydoniga 2.8 kilometr egiluvchan quvur orqali suv tortib olib borish hisobiga foydalanishga qaytarilishi rejalashtirilmoqda.

         Bundan tashqari, tumandagi Vargan, Kasmidon, Simodon, Toyon massivlaridagi foydalanishdan chiqib ketgan jami 217 gektar yer maydoniga 7 ta tik quduq o’rnatilish bo’yicha chora-taddbir dasturlari ishlab chiqilib, viloyat Sirdaryo-Sux havza boshqarmasi va viloyati qishloq xo’jaligi boshqarmasiga taqdim etildi.

         Foydalanishga kiritilgan yer maydonlarini aholi bandligini taʼminlash, ayniqsa, 30 yoshgacha bo’lgan yoshlarni ish bilan taʼminlash maqsadida kooperatsiya usulida fuqarorlarga bo’lib berilishi rejalashtirilmoqda, - deyiladi Sux tuman qishloq xo’jaligi bo’limi boshligʼi tomonidan bizga taqdim etgan maʼlumotnomasida. Darhaqiqat, aholini, ayniqsa, yoshlar bandligini taʼminlashga qaratilgan yaxshi rejalar.

         Shu yerda bir savol tugʼiladi: xo’sh, bu yerlar va bu ko’rsatgichlar ish joyiga ega bo’lmagan aholi va yoshlarimizga qachon beriladi? Tuzilgan rejalar qachan amaliy ishga aylanadi? Mana shu savol barchani qiziqtirishi tabiiy hol. Chunki 50 jami 217 gektar, umumiy masohati 267 gektar bo’lgan yer aholiga foydalanish uchun tarqatib berilsa, bir gektardan 267 ta ish o’rni, agar 0.5 gektardan ajratib berilsa, 534 ta ish o’rni degani. Boringki, 0.25 yoki 0.20 gektardan aholiga yer berilsa, bu ko’rsatgich ancha yuqorilab ketishi mumkin. Аgar tuman qishloq xo’jaligi sohasida mutaxassislar tomonidan tuzilgan rejalar amaliy ishga aylansa, oldimizdagi anchcha-muncha muammo o’z yechimini topgan bo’lar edi. Uylaymizki, ba borada soha mutasaddiylari belni mahkam bogʼlab, aholi bandligini taʼminlash borasida tuzilgan rejalarni amalda tatbiq etilishi uchun astoydil harakat qilishadi. Chunki bahorning har lahzasi, har bir soniya va daqiqasi biz uchun gʼanimat. Bu hayotiy asil haqiqatni aslo unutmasligimiz lozim.

                   Sux tumani hokimligi Аxborot xizmati