SO’X TUMANIDAGI UY XO’JALIKLARIGA HAM QUYOSH PANELLARI O’RNATILADI
2024-09-21 17:30:49 117
So’x tumanidagi uy xo’jaliklariga ham quyosh panellari o’rnatiladi
O’zbekistonda 1 apreldan boshlab hududlardagi uy xo’jaliklarida kichik quvvatli quyosh panellarini (umumiy quvvati 50 kVtgacha) o’rnatishni rag’batlantirish bo’yicha «Quyoshli xonadon» dasturini amalga oshirish boshlanadi. Bu prezident Shavkat Mirziyoyevning 16 fevraldagi «2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarorida nazarda tutilgan.
Tasdiqlangan rejaga ko’ra, 2023 yilda 37 ming aholi xonadonlarida kam quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari o’rnatish rejalashtirilgan.
Dastur doirasida aholi tomonidan quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan ortiqcha elektr energiyasining har bir kilovatt-soatiga 1000 so’mdan subsidiya ajratiladi.
Ushbu yo’nalishda So’x tumanida ham tizimli ishlar olib borilayotir. So’x tuman prokuraturasi tomonidan aholi xonadonlariga quyosh panellari o’rnatish maqsadida 21 Kvtli quyosh panellari olib kelinib, hozirda ushbu energiya tejovchi texnologiyalarni o’rnatish bo’yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram