Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’X TUMANIDA 2022 YILDA AMALGA OSHIRILGAN INVESTITSION LOYIHALAR VA 2023 YILDA AMALGA OSHIRILADIGAN ISHLAR

×

 2023-01-21 16:44:58    47

PDF yuklash
Chop etish


So’x tumanida 2022 yilda amalga oshirilgan investitsion loyihalar va 2023 yilda amalga oshiriladigan ishlar

 

So’x tumanida 2022 yilda qiymati 112,7 mlrd.so’m bo’lgan

60 ta investitsiya loyihalari ishga tushirilishi hisobiga 572 ta yangi ish o’rinlari yaratildi. Shundan, hududiy investitsiya dasturi doirasida qiymati 102,6 mlrd.so’m bo’lgan 49 ta loyihalar ishga tushirildi va 524 ta yangi ish o’rinlari joriy qilindi.

Joriy 2023 yilda esa 169,8 mlrd.so’mlik 66 ta yangi investitsiya loyihalari hisobiga 758 ta ish o’rinlari yaratilishi rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, 2022 yilda 730,0 ming dollarlik xorijiy investitsiyalar o’zlashtirilgan bo’lsa, 2023 yilda "GOODWELL GROUP" MChJning mevani qayta ishlashni tashkil etish hamda "FRESH FAREL" MChJ QKning forel balig’i yetishtirishni tashkil etish loyihalari hisobiga 4,5 mln.dollar xorijiy investitsiyalar o’zlashtirish kutilmoqda.

Bundan tashqari, 2022 yil uchun belgilangan 5,4 mln. dollarlik (shundan 2,8 mln.dollarlik sanoat mahsulotlari,

2,5 mln.dollarlik qishloq xo’jaligi mahsulotlari) eksport prognozi amalda yil yakuni bilan 7,0 mln. dollarga yoki 130,7 foizga bajarildi.

Jumladan, qishloq xo’jaligi mahsulotlari eksporti

5,8 mln. dollarni tashkil etib, prognoz 206,5 foizga bajarilgan bo’lsa, sanoat mahsulotlari eksport hajmi 1,2 mln. dollarga yoki prognozga nisbatan 46,2 foizga teng bo’lmoqda.

Shu bilan birga, 2023 yilda 9,16 mln. dollarlik (shundan sanoat mahsulotlari eksporti 3,1 mln.dollar, qishloq xo’jaligi mahsulotlari eksporti esa 6,06 mln.dollarlik) mahsulotlar eksporti amalga oshirilib, 2022 yilga prognoziga nisbatan

171 foizga o’sishi ko’zda tutilmoqda.  

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram