Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TIBBIYOTDAGI ISLOHOTLAR – INSON QADRI UCHUN

×

 2023-01-21 11:51:06    72

PDF yuklash
Chop etish


Tibbiyotdagi islohotlar – inson qadri uchun

Respublikamizda tibbiyot sohasida olib borilayotgan islohotlar zamirida fuqarolarimizning sog’ligi va albatta, manfaati mujassam. Sohada amalga oshirilayotgan ijobiy islohotlar koronavirus infektsiyasi davrida yana bir karra namoyon bo’ldi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining sog’liqni saqlash sohasi vakillari bilan “Tibbiyotdagi islohotlar – inson qadri uchun” mavzusidagi ochiq muloqotida ham qilingan ishlar sarhisob qilinib, qilinishi lozim bo’lgan amaliy ishlarga ham alohida to’xtalib o’tildi. Qabul qilinayotgan qaror va qonuniy hujjatlar ham boshlangan ezgu ishlarning mantiqiy davomi ekanligini isbotlayotir.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023  yil 20 yanvardagi “Ftiziatriya va pulmonologiya xizmatini 2023–2026 yillarda yanada rivojlantirishga yo’naltirilgan chora-tadbirlar to’g’risida”gi 12-sonli qarori ham ushbu yo’nalishda olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirilishiga qaratilgan.

Aytish lozimki, Respublikada aholi salomatligini muhofaza qilish va tuberkulyoz infektsiyasidan himoyalash, tuberkulyoz va upkaning nospetsifik kasalliklari tarqalishining oldini olish buyicha aniq maqsadga yunaltirilgan ishlar amalga oshirilmoqda.

Qarorga muvofiq Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi ftiziatriya va pulmonologiya kasalliklarini profilaktika qilish, tashxis qo’yish, davolash hamda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash bo’yicha respublikaning bosh muassasasi etib belgilanmoqda.

Mazkur muassasa zimmasiga qo’shimcha vazifalar yuklatilmoqda:

Bular - ftiziatriya va pulmonologiya xizmatini rivojlantirish bo’yicha 4 yilga mo’ljallangan 13 ta banddan iborat maqsadli ko’rsatkichlar tasdiqlanishi;

Ftiziatriya va pulmonologiya tizimlarini takomillashtirishi natijasida tuman ko’p tarmoqli markaziy poliklinikalardagi ftiziatriya bo’limi va xonalari negizida mavjud ftiziatr va pulmonolog shtatlari doirasida o’pka kasalliklari bo’limi (ftiziopulmonologiya)ni tashkil etilishi ko’zda tutilgan.

Xorijiy tadqiqotlarga ko’ra 17-19 foizgacha yo’l transport hodisalari oqibatidagi o’limlarning sababi avtotransportni boshqarishda uxlab qolish holatlari hisoblanadi. Shu kabi muassasalar Germaniya, Isroil, Qozog’iston, Koreya, Rossiya va Xitoy davlatlarida faoliyat yuritmoqda.

Shuning uchun, tungi uyqu sifati va nafas olish funktsiyasi buzilishlarini tashxislash va davolash maqsadida Respublikamizning hududiy ftiziatriya va pulmonologiya markazlari negizida “Uyqu apnoe” maktablarini tashkil qilinishi ko’zda tutilgan.

Qabul qilingan qarorga asosan 2023 yil 1 yanvardan boshlab har yili quyidagilar amalga oshiriladi:

latent tuberkulyoz infektsiyasiga skrining tekshiruvlari sonini

1 mln tagacha yetkazish (hozirgi kunda o’tkazilmaydi);

latent tuberkulyoz infektsiyasiga chalingan shaxslarni profilaktik davolash qamrovini 21 mingtagacha (2021 y. – 12,3 ming);

tuberkulyoz mikrobakteriyasini tezkor gen-molekulyar tashxislash qamrovini 120 mingtagacha yetkazish (2020 y. – 80 ming, 2021 y. – 100 ming);

tuberkulyoz bilan kasallangan 18 ming nafar bemorni dori vositalari bilan ta'minlash, tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan aholi orasidan tuberkulyoz bilan kasallanishga moyilligi bo’lgan xavf guruhiga mansub shaxslar ro’yxati shakllantiriladi hamda yiliga 3,5 million nafar o’smirlar va kattalar rentgenologik va 520 ming nafar bolalar immunologik tekshiruvdan o’tkaziladi.

2023 yil 1 fevralga qadar ftiziatriya kasalligining Yagona elektron reestri ishlab chiqiladi.

Xavf guruhidagi mahkumlar bilan bevosita aloqada bo’layotgan ichki ishlar xodimlarini yillik ko’riklar doirasida latent tuberkulyoz infektsiyasiga skrining o’tkazish tartibi joriy etiladi.

Olis va chekka hududlarda yashovchi aholini tibbiy skriningdan o’tkazish maqsadida “O’pka salomatligi” mobil brigadalari tashkil etiladi va bunga 13 ta “Isuzu” mikroavtobuslar biriktirilib, zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta'minlanadi.

Qarorga muvofiq, tashkil etiladigan Markazga Shokir Alimovning nomi tiklanishiga va uning nomidagi ilmiy maktab yaratilishiga rozilik berildi.

Zomindagi ftiziatriya dispanseri negizida viloyat ftiziatriya

va pulmonologiya markazining Zomin tumani filiali maqomi beriladi va uning negizida ftiziatrlar amaliy maktabi ochiladi.

Markazda Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan moliyalashtiriladigan Milliy referens laboratoriyasi tashkil etiladi.

Qarorda Markazga, uning hududlardagi markazlariga hamda kattalar uchun sihatgohlarga kafolatlangan bepul xizmatlar paketiga kiritilmagan tibbiy xizmatlarni pullik asosda ko’rsatilish belgilangan.

Darhaqiqat, aholi salomatligini himoyalash olib borilayotgan islohotlar asosini tashkil etadi. Samarali islohotlar natijasi va tibbiyot sohasidagi ulkan o’zgarishlar esa, jamiyatda sog’lom turmush tarzini yanada mustkahkamlashga xizmat qilishi bilan ham ahamiyatlidir.

                  So’x tumani hokiligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram