Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SOLIQ IMTIYOZLARI BO’YICHA HUQUQIY BAZA MUSTAHKAMLANMOQDA

×

 2022-09-21 15:18:04    48

PDF yuklash
Chop etish


So’ngi yillarda mamlakatimizda soliq sohasida izchil islohotlar olib borilib, davlat g’aznasiga soliq to’lovchi fuqarolar va tadbirkorlarga keng imkoniyatlar yaratilib kelinmoqda. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad aholini tadbirkolikka keng jalb qilish, shu yo’l bilan aholi bandligini ta'minlash va ularning daromadini oshirishdir.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 9 sentyabrda qabul qilingan “Ta'sirchan soliq mexanizmini qo’llash natijasida hosil bo’lgan soliq qarzini hisobdan chiqarish to’g’risida”gi PF-218 sonli Farmoni ushbu sohada olib borilayotgan islohotlarning amaliy ifodasi bo’ldi.

Joriy yilning 22 avgust kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti o’tkazilib, ushbu muloqot doirasida tadbirkorlik sub'ektlarining soliq yukini kamaytirish bo’yicha ustuvor vazifalar belgilangan edi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida mazkur farmon bilan 2022 yil 1 iyuldan bo’sh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun mo’ljallanmagan inshootlar, shuningdek, tugallanmagan qurilish ob'ektlariga (foydalanilmayotgan ob'ektlar) hamda ushbu ob'ektlar bilan band bo’lgan yer uchastkalariga nisbatan mol-mulk solig’i va yer solig’ining oshirilgan stavkalarini qo’llash, soliq imtiyozlari va preferentsiyalarning amal qilishini to’xtatish tartibi (ta'sirchan soliq mexanizmi) bekor qilindi.

Foydalanilmayotgan ob'ektlar mulkdorlariga nisbatan oshirilgan stavkalarda qo’llanilgan ta'sirchan soliq mexanizmi natijasida hosil bo’lgan mol-mulk solig’i va yer solig’i bo’yicha mavjud soliq qarzi hisobdan chiqarilishi, soliq qarzini undirish bilan bog’liq sud va ijro ishlari tugatilishi belgilandi.

Davlat soliq qo’mitasi va Moliya vazirligiga bir oy muddatda 2022 yil 1 iyuldan mazkur Farmon kuchga kirgunga qadar bo’lgan davrda ta'sirchan soliq mexanizmini qo’llash natijasida undirilgan soliq summalarini kelgusi to’lovlar hisobiga belgilangan tartibda tegishli ob'ekt mulkdorlariga qaytarilishini ta'minlash vazifasi yuklatildi.

Mazkur Farmon mazmun-mohiyatidan shuni tushunish mumkinki, davlat soliq to’lovchini jazolashdan manfaatdor emas, aksincha soliq to’lovchiga imkoniyat yaratib, halol va oshkora tadbirkorlik faoliyati uchun sharoit yaratish va shu yo’l bilan davlat g’aznasini boyitishdir.


 Sh.R.Abdullayev - Fuqarolik ishlari bo’yicha So’x tuman sudining raisi



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram