Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“Soliqchi - ko'makchi” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar

×

 2022-05-11 13:30:07    56

PDF yuklash
Chop etish


Soliqchi - ko'makchi” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar

         Xabaringiz bor, joriy yil 16 mart kuni Prezidentimiz Davlat soliq qo'mitasiga tashrif buyurib, soliq sohasini takomillashtirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

         Davlatimiz rahbari tashrif davomida soliq organlari tadbirkorlar bilan uchrashib ularni muammolarini tinglashi, soliq qonunchiligidagi o'zgarishlarni tushuntirishi, ularga ko'makchi bo'lishlari yuzasidan qator topshiriqlar bergan edi.

         Mazkur topshiriqlar ijrosi, shuningdek, “Soliqchi-ko'makchi” tamoyili asosida soliq to'lovchilarga yanada sifatli xizmat ko'rsatishni ta'minlash maqsadida So'x tuman DSI  xodimlari tomonidan tadbirkorlar bilan turli ochiq muloqot va uchrashuvlar tashkil etilmoqda, muammolar o'rganilib ijobiy hal etish choralari ko'rilmoqda. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun muhim bo'lgan qator yo'nalishlarni belgilab olgan holda amaliy yordamlar ko'rsatilmoqda.

         Xususan, 2022 yil aprel oyi davomida  So'x tuman DSI tomonidan 112 ta tadbirkorlik sub'ektlarini qiynayotgan muammolari o'rganildi. Mazkur jarayon davomida ko'maklashish zarur bo'ligan 21 ta tadbirkorlik sub'ektlariga dastlabki buxgalteriyasini yuritish, qulay soliq rejimini tanlash, soliq imtiyozlari va ularni qo'llash tartibini tushuntirish, ortiqcha tulovlarini bankdagi hisob raqamlariga kaytarish  kabi masalalar yuzasidan amaliy yordamlar ko'rsatildi.Tumanda O'RQ-714 sonli konuni bilan aprel oyida 81 ta korxonalarga 108 600.0 ming sum bankdagi xisob raqamiga qaytarib berildi.

         Biz, soliq idoralari xodimlari bundan buyon ham, albatta,  Prezidenimiz belgilab berganlaridek, tadbirkorga maslahatchi, ko'makchi va yaqin hamkor sifatida faoliyatimizni davom ettiramiz.

 

 

                  F.Turaboyev - So'x tuman Davlat soliq

                                      inspeksiyasi boshlig'i