Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 22 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

NURONIYLAR YOSHLAR NIGOHIDA

×

 2021-10-08 10:36:21    69

PDF yuklash
Chop etish


        "Keksalar haftaligi" doirasida So’x tumanida ham tasdiqlangan reja va dasturlar asosida turli tadbirlar, uchrashuv va davra so’hbatlari o’tkazilmoqda. 28-sonli Qaqir mahallasida joylashgan umumiy o’rta ta'lim maktabida tashkil etilgan tadbir ham keksa otaxonlar va mahalla nuroniylari ishtirokida g’oyatda fayzli o’tdi.

        "Nuroniylar yoshlar nigohida" mavzo’sida tashil etilgan mazkur tadbirda yangi avlod vakillari ham ishtirok etishdi. Tadbirni ochgan tuman hokimi o’rinbosari, mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’i Abdushukur Turaboyev tashkil etilayotgan mazkur tadbirlar mazmun-mohiyati bo’yicha alohida to’xtalib, bugungi kunda yoshi ulug’ insonlarga bo’lgan e'tibor haqida gapirdi.

        - Darhaqiqat, O’zbekiston degan jannatmakon go’shada bizga bo’lgan e'tibor va g’amxurliklar juda yuqori. Bunday e'tiborni butun umrim davomidagi muddatga, hayotimning o’tgan qismiga qiyoslay olmayman. Bunday e'tibor hech qachon bo’lmagan. Buning uchun barcha nuroniylar, mahallamizning yoshi ulug’ insonlari nomidan ushbu tadbirni tashkil et gan tashkilotchilarga samimiy minnatdorlik bildiraman, - deya so’z boshladi mehnat faxriysi, 93-yoshli otaxon Begali Boltayev.

        Tadbir davomida mazkur uchrashuv bo’yicha boshqa ishtirokchilar ham o’zlarining samimiy so’zlarini izhor etdilar.

        Tadbir oxirida yoshi ulug’ insonlar, nuroniylarga mahalla va maktab ma'muriyatining esdalik va qimmatbaho sovg’alari taqdim etildi. Ha, keksalari e'zozlangan yurt obod bo’ladi degan so’zlar bugun o’z isbotini topmoqda.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram