Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’X ENG TARAQQIY ETGAN HUDUDLARDAN BIRIGA AYLANADI

×

 2021-04-22 17:00:23    54

PDF yuklash
Chop etish


        Istiqlolimizning 30 yillik yubileyi arafasida yurtimizda olamshumul islohotlar amalga oshirilmoqda. Har qadamda bunyodkorlik, yaratuvchanlik va yurtga daxldorlik hissi jo’sh urmoqda.

        Biz, So’xliklar ham ana shunday islohotlardan bahramand bo’lib, turmushimiz yanada farovonlashmoqda. Shu kunlarda barcha tumandoshlarimizning yuz-ko’zida shukronalik zohir.

        Boisi joriy yil 1 aprel tongi So’xliklar uchun o’zgacha fayzli boshlandi. Shu kuni Farg’ona viloyati va Qirg’izistonning Botken viloyatlari orasida chegara postlari faoliyati qayta tiklanib, Qirg’iziston orqali o’tgan So’x – Rishton yo’li yana ochildi. Bu mamlakatimiz aholisi, ayniqsa, so’xliklar hayotida katta tarixiy hodisa sifatida muhrlandi.

        Qirg’iziston va O’zbekiston Prezidentlarining ushbu chegara borasidagi barcha masalalarni kelishib olganliklari va muzokaralar davomida bu borada zarur chora-tadbirlar belgilangani yo’lning ochilish marosimida alohida e'tirof etildi.

        Ikki qardosh davlat o’rtasidagi kelishuv asosida chegaralardan o’tish tizimini soddalashtirish, bog’lab turadigan yo’llarni reabilitatsiya qilish, o’zaro savdo aloqalarini yo’lga qo’yish masalalarida tizimli ravishda islohotlar olib boriladi.

        Bir necha asrlar mobaynida ahil-inoqlikda, hamjihat va hamfikr bo’lib yashab kelayotgan xalqlarimizning qadriyat va an'analari, yashash va turmush tarzi o’zaro mushtarakdir. Shu bois azaldan ota-bobolarimiz bu ikki xalqni bir daraxtning ikki yaprog’i sifatida e'tirof etganlar.

        Prezidentimiz sa'y-harakati bilan bugun So’x dunyoga ochildi. Ko’chalarda, odamlar qalbida sarin-sarin epkinlar esa boshladi. Orzular tug’ilmoqda, kelajakka ishonch hissi uyg’onmoqda. Endi bu ikki xalq do’stligi va birdamligining go’zal namunasi sifatida So’x eng taraqqiy etgan hududlar sirasiga kirishi, shubhasiz. Bunda yaqin qo’shnichilik aloqalarining mustahkamligi muhim ahamiyat kasb etadi.

Farrux Enazarov,

Xalq deputatlari Farg’ona viloyati Kengashi deputati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram