Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KITOBXONLARGA AJOYIB IMKONIYaT

×

 2020-11-09 16:26:58    60

PDF yuklash
Chop etish


KITOBXONLARGA AJOYIB IMKONIYaT

         O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 07-iyundagi "O'zbekiston Respublikasi aholisiga axborot kutubxona xizmat ko'rsatishini yanada takomillashtirishi tug'risida"gi PQ-4354-sonli qaroriga muvofiq Respublika buyicha 186 ta axborot kutubxona markazi qatorida So'x tumanida ham tashkil etildi.

         Ish faoliyatini yil boshidan boshlangan tuman axborot kutubxona markazi jami bulib 9 761 nomdagi 21 608 nusxadan iborat kitob fondiga egadir. Kitob fondidagi adabiyotlarning 6 078 nomdagisi (13 060 nusxa) kirill, 253 nomdagisi (470 nusxa) lotin alifbosiga asoslangan o'zbek tilida, 2 146 nomdagisi (5 309 nusxa) rus tilida, 1 284 nomdagisi (2 769 nusxa) esa boshqa xorijiy tilllarda yozilgan. Shuningdek, bu dargohda 4 min 574 dan ortiq elektron adabiyotlar ham jamlangan. Ayni vaqtga qadar 4 354 nafar kutubxona a'zolariga xizmat ko'rsatib kelmoqdamiz.

         Axborot kutubxona markaziga Wi-Fi tarmog'i o'rnatilib, kitobxonlar uchun qhshimcha raqamli qulayliklar yaratildi. Endi, cheksiz internetga ega bo'lganimizdan keyin tashrif buyuruvchilarimiz soni ham keskin ortishiga ishonaman. Kitobxonlar uchun yaratilayotgan bunday qulaylik yurtimizda barcha sohalarni raqamlashtirish buyicha olib borilayotgan islohotlar natijasidir. Biz insonlar qalbiga ma'naviyat ulashayotganimizdan mamnunmiz.

         Kutubxonada haftaning shanba va yakshanbadan tashqari har kuni soat 08:00 dan 16:00 gacha kitobxonlarga xizmat ko'rsatiladi.

 

                   Zafar G'aniyev - tuman axborot kutubxona markazi direktori