SO’XLIKLAR KO’CHAT EKIB, BOG’ YARATISHDA HAM FAOL
2024-11-29 15:40:43 23
So’xliklar ko’chat ekib, bog’ yaratishda ham faol
Purviqor tog’lar bag’rida joylashgan So’x tumanining go’zal va betakror tabiati barchani o’ziga maftun etadi. “Yashil makon“ umummilliy loyihasi doirasida olib borilayotgan sa'y-harakatlar bu maskanning yanada ko’rkam bo’lishiga xizmat qilishi bilan ham ahamiyatlidir.
Ayni kunlarda tumanning barcha hududlarida bo’lgani kabi “Sarikanda“ va “Nabobad“ mahalla fuqarolar yig’inidagi bo’sh yer maydonlarida mevali va manzarali daraxtlar ekish, ko’kalamzorlashtirish ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda.
— Shu mahallada yashovchi bog’bon Hoji Shukurov o’z xonadonida 1000 tupdan ortiq manzarali ko’chatlar parvarishlab, hududdagi tog’ va adirliklar qiyaliklarida bog’ tashkil etishga kirishdi, — deydi “Hazrati Ali” MFY raisi Subhonali Nishonov. — Bundan ruhlangan juda ko’p bog’bonlar mahalladagi tashlandiq, qaqir yerlarda qavatma-qavat qilib yashil hududlar barpo etmoqda.
Hozirda yangi tashkil etilayotgan yashil maydonlar mahalladagi bog’bonlarga biriktirib berildi. Shu tariqa har bir bog’ning o’z egasi bo’lishi va qarovsiz qolmasligi ta'minlanmoqda.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram