FUQAROLAR QABULI
2024-11-26 16:50:34 162
Bugun So’x tumani hokimi Sayidbahrom Saymdmusayevning tuman idora va tashkilot rahbarlari ishtirokida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining So’x tumani Xalq qabulxonasida navbatdagi jismoniy va yuridik shaxslar bilan o’tkaziladigan qabuli bo’lib o’tdi. Tashkil etilgan qabulda muammosi va murojaati bo’lgan fuqarolar bilan yuzma-yuz suhbatlashib, ularning muammolari birma-bir tinglandi.
Shu kuni jami 17 ta murojaatlar ro’yxatga olinib ularni tahlil qilinganda davolanish uchun moddiy yordam masalasida 4 ta, kadastr masalasida 2 ta, uy-joy bilan ta'minlash masalasida 3 ta, elektr va tabiiy gaz ta'minoti masalasida 5 ta va yana turli masalalarda murojaatlar kelib tushdi.
Sayidbahrom Sayidmusayevning ta'kidlashicha, "Har bir murojaat zamirida inson taqdiri yotganligini inobatga olib, uning ijrosiga mas'uliyat bilan yondashish zarur".
Qabul jarayonida ayrim murojaatlar hal etildi, ayrim murojaatlar yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram