HUDUDLARDA "BIZ ZO’RAVONLIKKA QARSHIMIZ" DEB NOMLANGAN “16 KUNLIK AKTSIYA O’TKAZILMOQDA
2024-11-26 16:34:54 164
Hududlarda "Biz zo’ravonlikka qarshimiz" deb nomlangan “16 kunlik aktsiya o’tkazilmoqda
Jamiyatda sog’lom turmush tarzini mustahkamlash, aholi, ayniqsa, xotin-qizlar o’rtasida ularni haq-huquqini himoya qilishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish yuzasidan tuman ichki ishlar bo’limi mutasaddi vakillari tomonidan turli targ’ibot tadbirlari o’tkazilyapti.
So’x tumani IIB JXX XPB XQMB katta inspektori podpolkovnik Sh.D.Shodmonovaning so’zlariga ko’ra, bunday tadbirlar bevosita mahalla faollari hamkorligida o’tkazilmoqda. Tuman ichki ishlar bo’limi vakili va So’x tumani Oftobru mahalla fuqarolar yig’ini xotin-qizlar faoli G.Kurganova bilan xamkorlikda mahalla xududidagi barcha maktab, korxona, tashkilotlarda "Biz zo’ravonlikka qarshimiz" deb nomlangan “16 kunlik aktsiyasi” doirasida targ’ibot tadbirlari o’tkazildi.
Mazkur o’tkazilgan tadbirlar davomida jamiyatda xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish borasidagi qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Qonunlari va Xukumat qarorlari mazmun-mohiyati tushuntirib borilmoqda.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram