Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KARTOSHKA YIG’IM-TERIMI BAROBARIDA G’ALLA EKISH ISHLARI JADALLIK BILAN DAVOM ETMOQDA

×

 2024-09-27 16:14:23    25

PDF yuklash
Chop etish


Kartoshka yig’im-terimi barobarida g’alla ekish ishlari jadallik bilan davom etmoqda

 

Tumanimizda yangi 2025 yil hosili uchun mirishkorlarimiz astoydil kirishishgan. Shirkat va fermer xo’jaliliklari maydonlarida bugungi kunda kartoshka yig’im-terimi va allaqachon hosili olingan yerlarga g’alla ekish ishlari olib borilmoqda.

 

Bu yili tuman mirishkorlari jami bo’lib tuman bo’yicha 535 gektar yer maydoniga ikkinchi non bo’lmish – kartoshka ekishgan. Yillik reja 10 500 tonna etib belgilangan. So’xlik bobodehqonlar bir kunda o’rtacha 16 gektar kartoshkani yig’ib-terib olishayotir. Ayni kunda kartoshka omborlarida 9 361 tonna kartoshka zaxirasi yaratilgan.

 

G’alla ekish ishlari ham tizimli ravishda olib borilayotir. Tuman hokimining qishloq va suv masalalari bo’yicha o’rinbosari Muslimbek Mavlonbekovning so’zlariga ko’ra, 2025 yil hosili uchun rejada  boshoqli don ekish 350 gektar etib belgilangan. Ayn kunda yer tekislash ishlari amalga oshirilib, bu ko’rsatgich 130 gektarga yetkazildi. Shu kungacha jami g’alla ekilgan ekin yer maydonlarining umumiy hajmi tumanda 99 gektarni tashkil etadi.

 

So’x tumani hokimligi Axborot xizmati













Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram