BUGUN DAVLAT XAVFSIZLIK XIZMATI XODIMLARI KUNI
2024-09-26 17:16:34 94
Bugun Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari kuni
Tarixdan ma'lumki har bir davlatning xavfsizligini ta'minlashda maxsus xizmatlarning o’rni va roli hamisha beqiyos bo’lgan.
Xususan, davlat sarhadlarini qo’riqlashdan tortib, mamlakatdagi tinchlik va barqarorlik, jamiyat osoyishtaligini ta'minlash yoki har bir fuqaroning huquq va erkinliklarini himoya qilish har zamon va har makonda maxsus xizmatlarning ustuvor vazifasi hisoblangan.
Bugun dunyoda kechayotgan murakkab va tahlikali vaziyatda O’zbekiston Respublikasini ichki va tashqi tahdidlardan himoya qilishda, xalqaro munosabatlarda uning milliy manfaatlarini qo’llab-quvvatlashda Davlat xavfsizlik xizmatining munosib hissasi bor.
So’x tumani hokimi va sektor rahbarlari Davlat xavfsizlik xizmati xodimlarini bugungi kasb bayrami bilan samimiy qutlaydi.
Davlatimizning konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini, boshqa davlat manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilishdek sharafli va mas'uliyatli faoliyatlarida ularga kuch-quvvat va muvaffaqiyatlar tilaymiz.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram