INSON MANFAATINI HIMOYALASH “INSON” IJTIMOIY XIZMATLAR MARKAZI XODIMLARINING ASOSIY VAZIFASI!
2024-09-24 17:03:47 123
Inson manfaatini himoyalash “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlarining asosiy vazifasi!
Inson qadri va manfaati barcha narsadan ustun bo’lgan mamlakatimizda har bir fuqaroga alohida e'tibor ko’rsatish, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta'minlangan fuqarolar, nogironligi bo’lgan shaxslar, keksa va nuroniylarni himoyalash bo’yicha alohida yaxlit tizim yaratilgan bo’lib, hududlarda faoliyati yo’lga qo’yilgan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi mana shu tizimning ajralmas uzvi hisoblanadi.
Respublikamizning barcha hududlarida bo’lgani kabi, So’x tumanida ham mazkur tizimning faoliyati yo’lga qo’yildi va markaz xodimlarining asosiy faoliyati fuqarolar manfaatini himoyalash, ularga har jabhada amaliy ko’mak va yordam berishdan iborat. Buni markaz xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlardan ham ko’rishimiz mumkin.
Markaz rahbari Sayidali Temiraliyevning ma'lumotiga ko’ra, tumandagi mahallalarda yashovchi barcha ijtimoiy himoyaga muhtoj, noginronligi bo’lgan, keksa-nuroniylar va yakka-yolg’iz yashaydigan vatandoshlarimizga markaz tomonidan ijtimoiy xodimlar biriktirilgan. Bugun markaz xodimlari bevosita rahbarning boshchiligida Sarikanda mahallasida bo’lib, mazkur mahallada istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar xonadonlarida bo’lib, ular holidan xabar oldilar va ularning muammo va kamchiliklarini o’rgangan holda amaliy ko’mak ko’rsatish uchun chora-tadbirlar rejasi belgilandi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram