SAVOL BERING, JAVOB BERAMIZ
2024-09-23 17:41:46 130
Savol bering, javob beramiz
Savol: Xodim 8 yil davomida ta'til olmagan bo’lsa, uning 8 yillik ta'tili kompensatsiya qilinadimi?
Javob: Yo’l qurilishi sohasida rahbar sifatida ishlovchi bir obunachimiz 8 yil davomida mehnat ta'tili olmaganini, bugungi kunda u bilan mehnat shartnomasi bekor qilingandan so’ng unga faqat oxirgi ikki yil foydalanilmagan ta'til uchun kompensatsiya to’lanmayotganini yozib murojaat qilishibdi.
Mehnat kodeksining 234-moddasining birinchi qismiga asosan Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga barcha foydalanilmagan har yilgi asosiy va qo’shimcha mehnat ta'tillari uchun pulli kompensatsiya to’lanadi. Ya'ni foydalanilmagan ta'til qancha bo’lishidan qat'iy nazar u 8 yil bo’ladimi 10 yil bo’ladimi pullik kompensatsiya to’lab berilishi lozim.
Bu yerda ish beruvchi e'tibor qilishi kerak bo’lgan bir nechta holatlar mavjud.
Birinchidan, bir narsani e'tiborga olish lozim bu yerda xodim bilan mehnat shartnomasi qaysi asosga ko’ra bekor qilinayotganining ahamiyati yo’q. U xoh ish beruvchining tashabbusi bilan bo’lsin, xoh xodimning tashabbusi bilan vayoki tomonlarga bog’liq bo’lmagan holatda bo’lsin pullik kompensatsiya to’lanadi.
Ikkinchidan, cakkiz yillik mehnat ta'tilining kompensatsiya pulini hisoblashda 8 yil avvalgi oylikdan emas balki bugungi kundagi oylik maoshdan kelib chiqib hisoblanadi.
Uchinchidan, sakkiz yillik foydalanilmagan ta'tilni ishchi ishlayotgan davrda kompensatsiya qilib bo’lmaydi. Bu holatda faqat ta'tilni qismlarga bo’lgan holda berish orqali ish jarayonida ta'til masalasidagi kompensatsiyadan qutulish mumkin.
Bizning vaziyatimizda xodimga 8 yillik foydalanilmagan mehnat ta'tili uchun kompensatsiya to’lanmayotgan bo’lsa xodim nima qilishi kerak. Avvalo bu vaziyatda xodim sudga ariza bilan murojaat qilishi kerak, albatta da'vo muddatini o’tkazib yubormagan holda. Mehnat kodeksining 560-moddasiga asosan boshqa mehnat nizolari bo’yicha — xodim o’zining huquqi buzilganligi to’g’risida bilgan yoki bilishi kerak bo’lgan kundan e'tiboran olti oy ichida sudga murojaat qilishi mumkin.
O’ktamjon Ergashev – So’x tumani adliya bo’limi bosh maslahatchisi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram