TUMAN HOKIMI VA TUMAN ICHKI ISHLAR BO’LIMI BOSHLIG’I ISHTIROKIDA MAHALLADA AHOLI BILAN UCHRASHUV TASHKIL ETILDI
2024-09-21 18:03:21 149
Tuman hokimi va tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’i ishtirokida mahallada aholi bilan uchrashuv tashkil etildi
Bugun tumanimizning 1-sektori hududida joylashgan G’aznov mahalla fuqarolar yig’inida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev boshchiligida tuman sektor rahbarlarining mahalla ahli bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi. Uchrashuvda tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’i Qosimjon Rahimberdiyev ham ishtirok etdi.
Uchrashuvda ishtirok etgan mahalla ahli – nuroniylar, xotin-qizlar va yoshlar ishtirokida mahallada jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan ishlar muhokama etildi va joriy yilning 8 oyi davomida mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning o’tgan yilga nisbatan ko’rsatgich va dinamikasi tahlil qilindi.
Shuningdek, mahallada mahalla yettiligi tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlashi, yoshlar va xotin-qizlar masalalarida olib borilayotgan ishlari, hududda kambag’allikni qisqartirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir amalga oshirilayotgan ishlar, aholiga Respublikamizda bo’layotgan va tumanda, ayniqsa, mahallada bo’layotgan ijobiy o’zgarishlar haqida olib borilayotgan targ’ibot ishlari ham muhokama va tahlil qilindi.
Uchrashuv davomida aholi xonadonlariga quyosh panellari o’rnatish afzalliklari haqida ham ma'lumotlar berildi. Uchrashuvda ishtirok etgan fuqarolar o’z muammo va kamchiliklari xususida tuman hokimiga murojaat etdilar va murojaatlarning ijobiy hal etilishi nazoratga olindi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram