SEKTOR BINOSIDAGI O’QUV MARKAZIDA TADBIRKORLIK YO’LGA QO’YILMOQDA
2024-09-21 17:36:56 117
Sektor binosidagi o’quv markazida tadbirkorlik yo’lga qo’yilmoqda
Hududlarda ayollar va xotin-qizlar bandligini ta'minlash maqsadida tuman hokimi tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda. Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev tashabbusi bilan 1-sektor binosida tashkil etilgan tikuvchilik va pazandachilik o’quv kurslari bugun ushbu sektor xotin-qizlariga yana eshiklarini ochdi.
Sektor binosida tashkil etilgan o’quv markazida olib borayotgan ishlar bilan tanishib, xotin-qizlarni tadbirkorlikka yo’naltirish va daromad olishga rag’batlagtirish bo’yicha amaliy ishlarni yo’lga qo’ygan tuman hokimi hudud ayollariga ularning manfaatdorligini oshirishga doir foydali tavsiyalar berdi.
Pazandachilik o’quv markazida malaka oshirayotgan xotin-qizlar va ayollar bugungi kunda non va patirlar pishirishmoqda. Endigi maqsad pishirilgan va tayyorlangan non mahsulotlarini sektor negizida tashkil etiladigan savdo nuqtasida aholiga tortiq qilishdan iborat.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram