Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 37 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

2025 YIL HOSILI UCHUN 350 GEKTAR YER MAYDONIGA G’ALLA EKILADI

×

 2024-09-21 17:34:43    93

PDF yuklash
Chop etish


2025 yil hosili uchun 350 gektar yer maydoniga g’alla ekiladi

 

Tumanimizda 2025 yil hosili uchun hozirlik ko’rayotgan mirishkorlarimiz dalalarda qolgan oxirgi ziroatlarni yetishtirib olishayotir. Tumanimizda ayni kunda kartoshka yig’im-terimi oxirlab bormoqda va so’xlik bobodehqonlar katta umid va yaxshi niyatlar bilan rizq-ro’zimiz bo’lgan g’alla ekish ishlarida ham faollik qilishmoqda.

 

So’x tumani hokimining qishloq va suv xo’jaligi masalalari bo’yicha o’rinbosari Muslimbek Malonbekovning so’zlariga ko’ra, tumandagi 535 gektar kartoshka maydonlaridan 10 500 tonna kartoshka mahsuloti yetishtirilishi rejalashtirilgan bo’lib, so’xlik mirishkorlar zimmalaridagi rejani ortig’i bilan bajarishga imkoniyatlari juda katta.

 

Bobodehqonlarimiz bu yili 350 gektar yer maydoniga g’alla ekish rejasini olganlar. Ekilgan g’alladona maydonlari allaqachon sug’orish pallasiga kirgan, g’allaning ekish hamda parvarishlash jarayonlarini soha mutasaddilari o’z nazoratiga olishgan.

 

So’x tumani hokimligi Axborot xizmati














Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram