Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 59 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BILASIZMI?

×

 2024-09-21 17:25:12    79

PDF yuklash
Chop etish


Bilasizmi?


O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024 yil 13 avgustda “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari sayloviga tayyorgarlik ko’rish hamda uni o’tkazishga doir ayrim masalalar to’g’risida"gi 1365-sonli qarori qabul qilingan.


Qarorga asosan O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019 yil 25 oktyabrdagi 969-son qarori bilan tasdiqlangan yo’riqnomaga muvofiq saylov komissiyalarining a'zolariga bir martalik kompensatsiya miqdorlari quyidagi miqdorlarda to’lab beriladi.


Qoraqalpog’iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, hududiy, tuman, shahar, okrug saylov komissiyasi raisiga mehnatga haq to’lash eng kam miqdorining 2 baravari;


Qoraqalpog’iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, hududiy, tuman, shahar, okrug saylov komissiyasi raisi o’rinbosari va kotibiga mehnatga haq to’lash eng kam miqdorining 1,5 baravari;


Qoraqalpog’iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, hududiy, tuman, shahar, okrug saylov komissiyasining boshqa a'zolariga mehnatga haq to’lash eng kam miqdorining 1 baravari;


uchastka saylov komissiyasi raisiga mehnatga haq to’lash eng kam miqdorining 1,2 baravari;


uchastka saylov komissiyasi raisi o’rinbosari va kotibiga mehnatga haq to’lash eng kam miqdorining 1 baravari;


uchastka saylov komissiyalarining boshqa a'zolariga mehnatga haq to’lash eng kam miqdorining 0,7 baravari miqdorida amalga oshiriladi.


Kompensatsiya to’lovlarini amalga oshirish saylov kuniga 3 kun qolganga qadar to’liq ta'minlanadi.


Bugunda kunda mehnatga haq to’lash eng kam miqdori 1 050 000 so’mni tashkil qilsa, 2024 yil 1 oktzrbdan 1 155 000 so’mni tashkil qiladi.


Ibrohimjon Axmatov – “Inson” ijtimoyi xizmatlar markazi psixologi




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram