ODAM SAVDOSI – BU OG’IR JINOYAT
2024-09-19 16:29:07 112
Odam savdosi – bu og’ir jinoyat
Odam savdosi bu vaziyatning qaltisligidan foydalanish orqali
yoxud boshqa shaxsni nazorat qiluvchi shaxsning roziligini olish uchun uni to’lovlar yoki manfaatdor etish evaziga og’dirib olish orqali odamlardan foydalanish maqsadida ularni yollash (chaqaloqlarni sotish), tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilishdir.
Odam savdosi - kuch bilan tahdid qilish yoki kuch ishlatish yoxud boshqa majburlash shakllaridan foydalanish, o’g’irlash, firibgarlik, aldash, hokimiyatni suiiste'mol qilish yoki vaziyatning qaltisligidan foydalanish orqali yoxud boshqa shaxsni nazorat qiluvchi shaxsning roziligini olish uchun uni to’lovlar yoki manfaatdor etish evaziga og’dirib olish orqali odamlardan foydalanish maqsadida ularni yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish. Odamlardan foydalanish boshqa shaxslarning fohishaligidan foydalanishni yoki ulardan shahvoniy foydalanishning boshqa shakllarini, majburiy mehnat yoki xizmatlarni, qullik yoki qullikka o’xshash odatlarni, erksiz holat yoxud inson a'zolari yoki to’qimalarini ajratib olishni anglatadi.
Odam savdosi bilan shug’ullanuvchi shaxs - mustaqil ravishda yoki bir guruh shaxslar tarkibida odam savdosi bilan bog’liq har qanday harakatni sodir etuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs, shuningdek o’z harakatlari bilan odam savdosiga ko’maklashadigan, xuddi shuningdek garchi o’z mansab vakolatlariga ko’ra to’sqinlik qilishi va qarshi kurashishi shart bo’lsa ham odam savdosiga to’sqinlik qilmaydigan yoki qarshi kurashmaydigan mansabdor shaxs.
Odam savdosi jabrlanuvchilarini savdo qilinganliklari bilan bevosita bog’liq bo’lgan jinoyatlari uchun jazolash mohiyatan ularning qadr qimmatini poymol etishdir.
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 6-bobida shaxsning ozodligi, sha'ni va qadr-qimmatiga qarshi jinoyatlar belgilangan bo’lib, mazkur bobning 135-moddasida odam savdosi jinoyati va bunday turdagi jinoyatga nisbatan tayinlanishi lozim bo’lgan jazo turlari va muddatlari belgilangan.
Odam savdosi jabrlanuvchilari og’ir jinoyatning ham guvohlaridir.
Jazo sharti to’g’ri, teng va adolatli qo’llanilgan taqdirda, davlatga odam savdosi jabrlanuvchilarining qadr-qimmati va xavfsizligiga nisbatan hurmatni ta'minlagan holda sudlov darajasini oshirishga imkoniyat beradi.
U.Ergashev - Rishton tumanlararo iqtisodiy sudi raisi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram