Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

JAVPAYA MASSIVIDAGI ISHLAR, KARTOSHKA ZAXIRASI, G’ALLA EKISH JARAYONLARI MUTASADDILAR TOMONIDAN O’RGANILDI

×

 2022-09-22 20:03:32    96

PDF yuklash
Chop etish


        Xabaringiz bor, 1-sektor hududi, Qal'acha mahallasida joylashgan Javpaya massivining qishloq xo’jaligida foydalanmaydigan yer maydonlarini o’zlashtirish bo’yicha ishlar boshlanib ketdi va bevosita Farg’ona viloyati hokimi ko’rsatmasiga asosan massivni o’zlashtirish ishlariga tumanimizga maxsus qishloq xo’jaligi texnikalari safarbar etildi. "Ozod" shirkat xo’jaligi hududida bo’lgan tumaan hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev Javpaya massiviningg o’zlashtirilishida ishtirook etayotgan, viloyatimizning boshqa shahar va tumanlaridan kelgan qishloq xo’jaligi sohasi vakillari bilan uchrashdi.

        Bugun safarbar etilgan kuch va vositalar orqali Javpaya massividagi 201 gektar ochiq yer maydoni ekishga tayyorlanmoqda. Tayyor qilingan yer maydoni maxsus lazerli yer tekislagich orqali ekish uchun tayyorlanadi. Ayni kunda mazkur hududni shudgorlash ishlari olib borilmoqda. Olib borilayotgan ishlar tashkil etilgan shtab tomonidan nazoratga olingan.

        Tuman hokimi shuningdek, "Ozod" shirkat xo’jaligi mutasaddilari bilan ham so’hbatlashdi. Sohada olib borilayotgan ishlar tahlil etildi.

        G’alladan bo’shagan yerlarni shudgorlash va belgilangan muddatgacha (10 oktyabr) 2023 yil hosili uchun boshoqli don ekinlarini ekish jarayoni, kartoshka yig’im-terimi jarayoni ham o’rganilib, ishlarni jadallashtirishga oid ko’rsatmalar berildi.

        Ma'lumot uchun: tumanimizda 700 gektar yerga kartoshka ekilgan bo’lib, 1 750 tonna urug’lik zaxira qilinishi rejalashtirilgan. Shu kungacha qariyb 70 gektardagi hosil yig’ishtirib olindi va salkam 1 400 tonna kartoshka zaxirasi yaratildi.

        Uchrashuv chog’ida tuman hokimi shirkat xo’jaligi hududida "Yashil makon" umumimilliy loyihasi doirasida tashkil etilgan ekomaydonlarni ham ko’zdan kechirdi. Ekilgan terak qalamchalari va ularning parvarishi yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram