Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 32 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“Soliqchi - ko'makchi” tamoyili asosida So'x tumanida amalga oshirilayotgan ishlar

×

 2022-08-03 10:55:24    45

PDF yuklash
Chop etish


“Soliqchi - ko'makchi” tamoyili asosida So'x tumanida amalga oshirilayotgan ishlar

           Xabaringiz bor, joriy yil 16 mart kuni Prezidentimiz Davlat soliq qo'mitasiga tashrif buyurib, soliq sohasini takomillashtirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

         Davlatimiz rahbari tashrif davomida soliq organlari tadbirkorlar bilan uchrashib ularni muammolarini tinglashi, soliq qonunchiligidagi o'zgarishlarni tushuntirishi, ularga ko'makchi bo'lishlari yuzasidan qator topshiriqlar bergan edi.

         Mazkur topshiriqlar ijrosi, shuningdek, “Soliqchi-ko'makchi” tamoyili asosida soliq to'lovchilarga yanada sifatli xizmat ko'rsatishni ta'minlash maqsadida Farg'ona viloyati davlat soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan tadbirkorlar bilan turli ochiq muloqot va uchrashuvlar tashkil etilmoqda, muammolar o'rganilib ijobiy hal etish choralari ko'rilmoqda. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun muhim bo'lgan qator yo'nalishlarni belgilab olgan holda amaliy yordamlar ko'rsatilmoqda.

         Xususan, 2022 yil yanvarь-avgust oylari davomida So'x tuman DSI tomonidan 418-ta tadbirkorlik sub'ektlarini qiynayotgan muammolari o'rganildi. Mazkur jarayon davomida ko'maklashish zarur bo'ligan 418-ta tadbirkorlik sub'ektlariga dastlabki buxgalteriyasini yuritish, qulay soliq rejimini tanlash, soliq imtiyozlari va ularni qo'llash tartibini tushuntirish, O'RQ 714-sonli konuni bilan So'x tumanida jami 193 tadbirkorlarga 413500000 ming sum (turt yuz un uch million besh yuz) ming sum ortiqcha tulovini Bankdagi xisob raqamiga kaytarish buyicha kumaklashildi. Biz, soliq idoralari xodimlari bundan buyon ham, albatta,  Prezidenimiz belgilab berganlaridek, tadbirkorga maslahatchi, ko'makchi va yaqin hamkor sifatida faoliyatimizni davom ettiramiz.

                   F.Turaboyev - So'x tuman DSI boshlig'i