Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ULUG' KUNLARDA YaNA BIR MUAMMO O'Z YeChIMINI TOPDI

×

 2022-05-03 14:21:45    66

PDF yuklash
Chop etish


ULUG' KUNLARDA YaNA BIR MUAMMO O'Z YeChIMINI TOPDI

         Deputat xalq dardu tashvishlari bilan yashaydigan, uning muammo va kamchiliklarini yengishda astoydil kamarbasta bo'lgan insondir. Aytish lozimki, bevosita xalq tomonidan saylangan deputatlar sa'y-harakati va ularning tegishli idoralar bilan yaqin hamkorligi tufayli fuqarolarni qiynayotgan ancha-muncha muammolar o'z yechimini topmoqda.

         - Aytish lozimki, bizning mahallamiz aholisi ham ichimlik va sug'orish suvi yetishmovchiligi tufayli ayniqsa, sug'orish davrida ko'p muammolarga duch kelishadi. Mahallamizda mavjud bo'lgan nasos ishdan chiqganligi sababli 2-sektor rahbariga ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida murojaat etgan edik. Qilingan sa'y-harakatlar va hamkorlik tufayli ushbu muammo ushbu ulug' kunlarda o'z yechimini topdi, - deydi Saribozorcha mahallasidan tuman Kengashiga saylangan deputat Tohirjon Nurov.

         Bevosita mahalla deputati, saxovatpesha insonlar va ikkinchi sektor rahbari, tuman prokurori Sadirali Mirzokarimov tashabbusi bilan yangi nasos olib kelinib, o'rnatildi. Endilikda ushbu nasos orqali tortiladigan suv mahallaning sug'orishga bo'lgan talabotini qondiradi.

         - Ushbu suvdan mahallamizdagi 120 tadan ko'proq xonadon foydalanishadi. Biz buning uchun mahalla ahli nomidan deputat Tohirjon Nurov, R. Sohibov va albatta tumanimiz prokurori, sektorimiz rahbariga samimiy minnatdorchilik bildiramiz, - deb bizga yuzlandi mahalla raisi Valijon Ergashev.

         Shuni ham qayd qilish lozimki, Ramazon hayiti arafasida deputat Tohirjon Nurov tomonidan 80 nafar kam ta'minlangan va ijtimoiy kumakka muhtoj fuqarolarga moddiy yordam sifatida yog' mahsulotlari yetkazib berildi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati