Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

EHTIYoT – YaRIM HAYoT

×

 2022-01-08 10:08:54    76

PDF yuklash
Chop etish


EHTIYoT – YaRIM HAYoT

         O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 9 dekabrdagi 743-sonli hamda viloyat hokimining 2021-yil 22-dekabrdagi 181-11-0-Q/21-sonli “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish hamda yong'in xavfsizligini kuchaytirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarorlari ijrosi bo'yicha tumanimizda ham mutasaddi idoralar vakillari tomonidan keng qamrovli targ'ibot ishlari olib borilmoqda.

         Aytish lozimki, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob'ektlari, ko'p kvartirali uy-joy fondini hamda savdo va maishiy xizmat ko'rsatish ob'ektlarini 2021-2022 yilgi qish mavsumiga tayyorlash bo'yicha bir qator ishlar amalga oshirilayotgan bo'lsada, ro'y berayotgan favqulodda hodisalar mazkur ishlarning yetarlicha tashkil etilmaganidan dalolat bermoqda.

         Bunga Respublikamiz hududlarida ruy berayotgan baxtsiz hodisalar misol bo'la oladi.

         Binobarin, qabul qilingan qarorga muvofiq tuman hududlarida aholini favqulodda vaziyatlardan, is gazidan zaharlanishini oldini olishga  qaratilgan keng ko'lamli targ'ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

         Tumanimizda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish hamda yong'in xavfsizligini kuchaytirish bo'yicha olib borilayotgan targ'ibot tadbirlarida “Hududgaz Farg'ona”gaz ta'minoti filiali So'x tumani bo'limi, tuman elektr tarmoqlari korxonasi, favqulodda vaziyatlar bo'limi vakkillarining jalb etilishi ta'minlangan.

         Tadbirlarda asosan qish mavsumida aholini gaz bilan uzluksiz ta'minlash, shuningdek, aholi punktlari va sanoat zonalaridagi tashkilotlar hududidagi yer ostidan o'tuvchi gaz quvurlarini xatlovdan o'tkazib, kechiktirib bo'lmaydigan nosozliklar zudlik bilan bartaraf etilishi, eskirgan va foydalanish muddatini o'tab bo'lgan gaz quvurlari bosqichma-bosqich yangilab borilishi, iste'molchilarning ichki gaz tarmoqlari va gazdan foydalanish uskunalarini to'liq texnik taftishdan o'tkazib, ularga profilaktik xizmat ko'rsatilishi, shuningdek, o'zboshimchalik bilan o'rnatilgan nosoz gaz uskunalariga tabiiy va suyultirilgan gaz yetkazib berish taqiqlanishi va ulanishga chek qo'yilishiga alohida e'tibor qaratilmoqda.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati