Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KEKSALAR YOSHLAR E'TIBORIDA

×

 2021-10-09 10:05:50    55

PDF yuklash
Chop etish


        "Keksalar haftaligi" doirasida So’x tumanida ham keng ko’lamli amaliy ishlar qilinmoqda, haftalik doirasida turli mavzudagi tadbirlar o’tkazilmoqda. Qisqasi, haftalik doirasida barcha yoshi ulug’ insonlarga nisbatan hurmat, izzat-ikrom, e'tirof va e'tibor ko’rsatilayotir. Ayniqsa, yoshlarimiz bu ishlarda faol.

        - "Keksalar xaftaligi" doirasida kunlik an'anaviy o’tkazilayotgan tadbirlar davom etmoqda. Jumladan bugun xam, Yoshlar ishlari Agentligi So’x tumani bo’limi va tarmoq Kasaba uyushmalari vakillari xamkorligida fan, ta'lim, tibbiyot va qishloq xo’jaligi yunalishlarida samarali faoliyat olib borgan, xozirda nafaqadagi nuroniy otaxon va mo’nis onaxonlarimizning yashash manzillariga amaliy tashrif buyurib, ularni xolidan xabar oldik, duolarini olishga muvaffaq bo’ldik, - deydi Yoshlar ishlari Agentligi So’x tumani bo’limi boshlig’i Isojon Mastonov.

        "Keksalar haftaligi" doirasida Agentlik vakillari va hamkor tashkilotlar tomonidan barcha faxriylarga esdalik sovg’alari taqdim etildi.

        - Albatta bunday e'tibor va tashrifdan juda xursand va minnatdormiz, zero keksalari ulug’lagan yurt obod bo’ladi va bunday tadbirlar yoshlarimiz tarbiyasiga ijobiy ta'sir ko’rsatadi degan fikrdaman. Zotan, "Oltin olma duo ol", degan naql ham bejizga aytilmagan. Yoshlarimizni duo qildik, aslida, har doim duodamiz, ishlariga omad, muvaffaqiyatlar tilaymiz, osmonimiz tinch, hayotimiz farovon bo’lsin iloyim, - deya duoga qo’l ochdi mehnat faxriysi, nafaqadagi shifokor Tojixon-aya Tuyeva.

        Tumanimizning barcha hududlarida "Keksalar haftaligi" ko’tarinkilik bilan davom etyapti.

                  So’x tumani hokimligi Axbort xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram