Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’XDAGI AEROPORT QACHON FOYDALANISHGA TOPSHIRILADI?

×

 2021-09-13 11:35:59    53

PDF yuklash
Chop etish


        Tumanimizga tashrif buyurgan O’zbekiston Respublikasi Transport vazirining o’rinbosari Choriyev Jasur Ergashovich tuman hokimi o’rinbosarlari va sektorlar rahbarlari bilan Istiqlol mahallasida qurilayotgan aeroportda bo’lib, bu yerda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

        Samolyotlar va vertolyotlar uchun tashkil etilayotgan uchish-qo’nish maydonchasini belgilangan muddatda topshirilishi va bu tadbir kechikayotganligining sabablari tashrif chog’ida har tomonlama o’rganildi.

        Inshootni tez kunlarda foydalanish uchun tayyorlash va aeroport hududini tartib-qoidalarga mos ravishda obodonlashtirish yuzasidan tegishli tashkilot va korxonalar rahbarlariga kerakli topshiriq va ko’rsatmalar berildi.

        Eslatib o’tamiz, mazkur inshoot davlat rahbarining 2020 yil 8 avgustdagi 4798-sonli asosida qurilmoqda. Yaqin kunlarda So’x tumanida yangi aeroport foydalanishga topshiriladi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram