Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BOLAJONLARGA MUNOSIB SHAROIT

×

 2021-04-22 16:47:40    70

PDF yuklash
Chop etish


     O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 avgustda qabul qilingan 4798-sonli qarorining 52-bandida tumanda 10 ta oilaviy shakldagi maktabgacha ta'lim tashkilotini tashkil etish, 11 ta maktabgacha ta'lim tashkilotining bo’sh turgan xonalarini ta'mirlash orqali qo’shimcha guruhlar ochib, tumanda maktabgacha ta'lim tizimiga joriy yil yakunlariga ko’ra bolalarni qamrab olish ko’rsatkichini 37,4 foizdan 53 foizga yetkazish ko’rsatib o’tilgan. Albatta, maktabgacha ta'lmi sohasiga berilayotgan e'tibor farzandlarimiz kelajagitni uylab qilinayotgani bilan ham ahamiyatlidir.

        2-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti Istiqlol mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan bo’lib, 2019 yili qurib, foydalanishga topshirilgan. Buning uchun davlat byudjetidan 2 milliard 175 million so’m mablag’ saraflangan.

        – Bizning eng asosiy maqsadimiz maktabgacha ta'lim tashkilotlariga bolalar qamrovini kengaytirishdan iborat. Muassasamizda 3-ta guruh mavjud bo’lib, bu guruhlarga 90 nafar bolajonlar jalb etilgan. 2 ta 1 yillik maktabga tayyorlov guruhimiz bor va bu guruhlarda 60 nafar bolajonlar ta'lim-tarbiya olishadi. Ayni kunda muassasamizda 28 nafar murabbiylar 150 nafar bolajonlarga tarbiya berishadi, - deydi biz bilan so’hbatda mussasa mudirasi Nasima Shahobova.

        Mazkur maktabgacha ta'lim muassasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev tashrif buyurib, muassasa mutasaddilari bilan uchrashdi va yuqorida keltirilgan masalalar bo’yicha so’hbatlashdi. Muassasada bolajonlar uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berligan. Musiqiy zal, sport burchagi, kutubxona, sevimli o’yinchoqlar to’plami – barcha barchasi bolajonlar ixtiyorida. Sifatli mahsulotlardan tarbiyalanuvchilarga uch mahal oziq-ovqat tayyorlab beriladi muassasada. Yaratib berilgan sharoitlardan samarali foydalangan holda muassasa xodimlari mas'uliyatni his qilgan holda faoliyat olib borishayotir.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram