Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

"XAYR, AZIZ MAKTABIM!"

×

 2023-05-25 16:35:01    70

PDF yuklash
Chop etish


"XAYR, AZIZ MAKTABIM!"


"So’nggi qo’ng’iroq". Respublikamizning barcha hududlarida bo’lgani kabi, bugun So’x tumanining barcha umumta'lim maktablarida «Ilmni qadrlang, ilmga intiling!» shiori ostida 2022-2023 o’quv yilining yakuniga bag’ishlangan tadbirlar bo’lib o’tdi. Barcha 11-sinf bitiruvchilariga nurli kelajak sari so’nggi qo’ng’iroq sadolari ostida yo’llanma berildi.


Tuman ta'lim muassasalarida bo’lib o’tgan tadbirlarda barcha bitiruvchilarga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning yo’llagan tabrigi o’qib eshittirildi.


Tul mahallasining 24-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabidagi tashkil etilgan tadbirda qatnashib, tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev barcha bitiruvchilar va maktab jamoasini ushbu unutilmas kun bilan tabrikladi. Barcha bitiruvchi o’g’il-qizlarga kelajakda jamiyatda o’z o’rinlarini topishlari va Vatanning sodiq farzandlari bo’lib yetishlari uchun yaxshi niyat va tilaklar bildirildi.


Tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo’limi mudiri Gulnoza Usmonova ham barcha bitiruvchilarni ushbu unutilmas kun bilan tabrikladi. Tadbir davomida o’quv yilida faol bo’lgan va namuna ko’rsatgan o’quvchilarga faxriy yorliqlar va esdalik sovg’alari taqdim etildi.

 

Tadbir davomida shuniggdek, barcha bitiruvchi o’g’il-qizlarga tuman MMT bo’limi tomonidan yangi kitoblar va maktab ma'muriyatiga televizor taqdim etildi. Tadbirdan so’ng tuman hokimi bitiruvchi o’g’il-qizlar bilan so’hbatlashdi va ularning qiziqishlari bilan qiziqdi.

 

Ma'lumot o’rnida: So’x tumanida 2022-2023 o’quv yilida jami bo’lib 17973 nafar maktab yoshidagi bolalar ta'lim-tarbiya jarayoniga qamrab olingan bo’lsa, shundan 1559 nafarini 9-sinf bitiruvchilari hamda 1159 nafarini 11-sinf bitiruvchilari tashkil etadi. Bu yil 186 nafar 9-sinf bitiruvchilari "A'lo darajali" shahodatnoma bilan, 25 nafar 11-sinf bitiruvchilari kumush va 84 nafari oltin medal bilan bitirmoqdalar.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram