Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 35 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HUSHYOR MAHALLASIDA BARPO ETILGAN MADANIYAT MARKAZI FOYDALANISHGA TOPSHIRISH ARAFASIDA

×

 2022-09-19 15:34:11    45

PDF yuklash
Chop etish


        Tumanimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari e'tirof etishga loyiq amallardan hisoblanadi. Chunki bajarilayotgan barcha ishlar bevosita Respublikamiz hukumati va davlatimiz rahbari e'tibori asosida amalga oshirilmoqda.

        3-sektor hududida joylashgan Hushyor mahalla fuqarolar yig’inida ham obodonchilik yo’nalishida ko’p ishlar amalga oshirildi. Mahallada yangi fuqarolar yig’ini idorasi qurilib, foydalanishga topshirilgan edi. Qurilayotgan yangi va zamonaviy davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti ham ushbu hudud farzandlariga taqdim etiladi. Asosiysi, berilayotgan e'tibor va g’amxurliklardan hushyorliklar ham bahramand bo’lishayotir.

        Bugungi kunda mazkur mahallada rekonstruktsiya qilinayotgan madaniyat uyida ham qurilish ishlari oxiriga yetkazilib, yangi inshoot foydalanishga topshirish arafasida turibti. Ma'lumot uchun: Hushyor madaniyat uyi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 98-sonli qarori asosida rekonstruktsiya qilindi va bu ishlarga davlatimiz byudjetidan 5 milliard so’m mablag’ yo’naltirilgan bo’lib, rekonstruktsiya va qurilish ishlariga "Mumtoz metall" MChJ jalb etilgan.

                So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram