Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FUQAROLAR VA TADBIRKORLIK SUB’EKTLARINING SUDLARGA BO'LGAN IShONChINI MUSTAHKAMLASh BORASIDAGI ISLOHOTLAR

×

 2022-06-13 10:50:19    50

PDF yuklash
Chop etish


FUQAROLAR VA TADBIRKORLIK SUB’EKTLARINING SUDLARGA BO'LGAN IShONChINI MUSTAHKAMLASh BORASIDAGI ISLOHOTLAR

         Mamlakatimiz qonunchiligida so'ngi yillarda inson huquq va erkinliklari hamda tadbirkorlik sub'ektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ularni ro'yobga chiqarish borasida ko'plab me'yyoriy-huquqiy hujjjatlar qabul qilinib, xalqimiz haytiga, tegishli idoralar faoliyatiga tadbiq etilmoqda.

         Hususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik sub'ektlari huquqlarining samarali himoya etilishini ta'minlash hamda aholining sudlarga bo'lgan ishonchini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 2022 yil 29 yanvardagi PQ-107-sonli qarori bu boradagi normativ huquqiy hujjatlardan biridir.

         Mazkur qaror bilan ma'muriy sud ishlarini yuritishni xalqaro standartlardan kelib chiqqan holda takomillashtirish maqsadida ma'muriy sudlarning birinchi navbatdagi vazifasi fuqarolar va tadbirkorlik sub'ektlarining davlat organlari bilan munosabatlarida qonun ustuvorligini ta'minlash bilan bir qatorda ular huquqlari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilish hisoblanishi belgilangan.

         Shuningdek, Oliy sud Sudьyalar oliy kengashi hamda manfaatdor vazirlik va idoralarga ma'muriy sud ishlarini yuritishni “sudning faol ishtiroki” tamoyili asosida amalga oshirish, bunda ma'muriy sudlarga ishning haqiqiy holatlarini aniqlash uchun o'z tashabbusi bilan dalillarni yig'ish majburiyatini yuklash, huquqi buzilgan fuqaro yoki tadbirkorlik sub'ektiga esa dalillarni yig'ishda faqat o'z imkoniyati doirasida ishtirok etishga sharoit yaratish ekanligi ta'kidlangan.

Qarorga asosan ma'muriy sudlarga quyidagi vazifa va vakolatlar berildi.  Ular:

         - huquqi buzilgan fuqaro yoki tadbirkorlik sub'ektiga ommaviy-huquqiy munosabatdan kelib chiqadigan nizo bilan birga unga sababiy bog'lanishda bo'lgan zararni undirish talabini ham ma'muriy sudga bildirish huquqini taqdim etish hamda bunday talablarni ko'rib chiqishni o'tkazish;

         - ma'muriy sudlarning ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar bo'yicha hal qiluv qarorlari davlat organlari yoki tashkilotlari tomonidan ijro qilinmagan taqdirda, ularning mansabdor shaxslariga nisbatan sud jarimalarini qo'llash;

         - ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar bo'yicha taraflar o'rtasida yarashuvga erishish mexanizmlari joriy qilish;

         - taraflarga, qonun hujjatlarida belgilangan hollarda, ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar bo'yicha kelishuv bitimini tuzish huquqini berish;

         - davlat organlari yoki tashkilotlari ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ish bo'yicha hal qiluv qarorini u qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab bir oy davomida ijro qilish hamda bu haqda ma'muriy sudga xabar berish;

         - davlat organlari yoki tashkilotlari tomonidan ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ish bo'yicha sud hujjati ijro qilinmaganligi uchun davlat organlari yoki tashkilotlarining mansabdor shaxslariga nisbatan sud jarimasini qo'llash;

         - davlat organlari yoki tashkilotlari tomonidan ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ish bo'yicha hal qiluv qarorining takroran ijro qilinmaganligi uchun davlat organlari yoki tashkilotlarining mansabdor shaxslariga nisbatan dastlab qo'llanilgan sud jarimasini oshirilgan miqdorda qo'llash hisoblanadi.

 

                                          U.Ergashev - Rishton tumanlararo iqtisodiy

                                                                              sudi raisi