Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Halol mehnat - muvaffaqiyat va omad kalitidir

×

 2022-06-13 08:58:06    106

PDF yuklash
Chop etish


Halol mehnat - muvaffaqiyat va omad kalitidir

         Insonning kamolotga yetishi va jamiyatda o'z o'rnini egallashida uni bir umr yig'ib olgan dunyo-boyliklari emas, balki olib borgan samarali faoliyati va sidqidildan qilgan mehnati asosiy omil bo'ladi. Oramizda bunday halol va mehnatkash insonlar yo'q emas, quvonarlisi, ko'pchilikni tashkil etadi. “Inson mehnat bilan aziz” deyishadiku. Bu gap rost, haqiqat.

         - Bugun jamoamiz orasida alohida o'ringa ega bo'lgan, o'zining halol mehnati bilan obru va hurmat qozongan kasbdoshimiz – Sultonov Sultonjon Zavharovichning tug'ilgan kunlari. Ushbu unutilmas kunda kasbdoshimiz nafaqaga ham chiqdilar. Shu munosabat bilan idorada butun jamoamiz ishtirokida tadbir tashkil etdik, - deydi So'x tumani “Xalq Banki” boshqaruvchisi Numonjon Sadirbekov.

         Tashkil etilgan tadbirda Sultonjon Sultonovga bank ma'muriyatining faxriy yorliqlari va qimmatbaho sovg'alari taqdim etildi.

         Salkam 40 yil ish stajiga ega bank xodimiga sidqidildan qilgan mehnati va samarali faoliyat uchun minnatdorchilik bildirildi. Sultonjon Sultonov 1983 yildan shu kungacha “Xalk Banki”da turli lavozimlarda ishlab kelgan.

         Albatta, samarali faoliyat va halollik bilan amalga oshirilgan ishlar hech qachon natijasiz qolmaydi va bankning yosh xodimlariga Sultonjon Sultonovning faoliyati ibrat namunasi bo'la oladi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati