Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ASOSIY MAQSAD MAHALLADA SOG'LOM MUHITNI ShAKLLANTIRISh

×

 2022-01-06 17:34:44    64

PDF yuklash
Chop etish


ASOSIY MAQSAD MAHALLADA SOG'LOM MUHITNI ShAKLLANTIRISh

         Rejaga muvofiq 2022 yil 8 yanvarь kuni Qaqir mahalla fuqarolar yig'inida Yoshlar ishlari Agentligining mahalallardagi vakillari faoliyatini yo'lga qo'yish maqsadida o'quv-seminar o'tkazilishi rejalashtirilgan.

         Ushbu o'quv-seminarni yuqori saviyada o'tkazish maqsadida bugun Qaqir mahallasida joylashgan 28-sonli UO'T maktabida maslahatchilikka nomzodlar va maktablarda faoliyat ko'rsatayogan yetkachilar ishtirokida yig'ilish o'tkazildi.

         Tuman hokimi o'rinbosari Bobosodiq Latipov va O'zbekiston Yoshlar ishlari Agentligi So'x tumani bo'limi rahbari Isojon Mastonovlar tomonidan mavzu yuzasidan alohida to'xtalib, 3-sektor hududidagi Qaqir mahallasini namunaviy etib tayyorlash belgilanganligini ta'kidladilar.

         Tadbirda barcha maslahatchilikka nomzodlar tomonidan mazkur mahallada xatlov o'tkazilishi va xatlov natijalariga ko'ra, ma'lumot tayyorlash vazifalari berildi.

         Qaqir mahallasida 2 472 nafar aholi istiqomat qilib, 18-30 yoshdagi aholi 476 nafarni tashkil etadi. Mahallada 521 ta xonadonlar mavjud bo'lib, ishchi guruh tomonidan xatlov ishlari boshlandi.

         Xatlov qilishdan asosiy maqsad mahalladagi muammolarni aniqlash, aniqlangan muammo va kamchiliklarning yechimi bo'yicha “Yo'l xarita”lari ishlab chiqish va tegishli idoralar bilan hamkorlikda muammolarni bartaraf etishga qaratilgan.

         Bundan tashqari, 5 ta tashabbus asosida dastur va rejalar ishlab chiqilib ijroga yo'naltirildi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati